thumb|right|Istanbul temir yoʻli, koʻk chiziq bilan Marmaray ajratilgan. thumb|right|Tunnel qurilishi. May 2012 Marmaray (Marmar + — „rels“ soʻzlaridan) Turkiyaning Istanbul shahridagi temir yoʻl transporti loyihasidir. U Bosfor boʻgʻozi ostidan oʻtgan temir yoʻl tunneli qurilishi va Yevropa tomondagi Halkalıdan Marmar dengizi boʻylab Osiyo tomondagi Gebzegacha yotqizilgan mavjud shahar temir yoʻlini zamonaviylashtirishdan iborat. Loyihaga shuningdek yangi temir yoʻl transport sostavlari xarid qilish ham kiradi.Rails under the Bosporus , Railway Gazette International 2009-02-23 Qurilish 2004-yili boshlanib, 2009-yil aprelida yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Qurilish davomida qazib olingan bir necha arxeologik topilmalar tufayli bu muddat surildi va tunnel 2013-yil 29-oktabrida ochildi.
Tafsilotlar Marmaray texnik xarakteristikasi quyidagicha: Umumiy uzunligi: 76,3 km Tunnel uzunligi: 13,6 km Suv osti qismi: 1387 m Eng chuqur nuqtasi: 60,46 m Minimum qiyalik radiusi: 300 m Maksimum gradienti: %1,8 Yerusti bekatlari soni: 37 Yerosti bekatlari soni: 3 Boshqa yoʻlga oʻtish bekatlari soni: 4 Minimum platforma uzunligi: 225 m Bekatlararo oʻrtacha masofa: 1,9 km Maksimum tezlik: 100 km/soat Tijoriy tezlik: 45 km/soat Yoʻlovchilar: 75 ming kishi/soat Yoʻlovchi vagonlar soni: 440 Galereya
Manbalar
Havolalar