Chalqar tumani — Oqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Chalqar shahriwww.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages.
Iqlimi Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.
Aholi punktlari 66-temir yoʻl razyezdi, 67-temir yoʻl razyezdi, Begumbet, Birshoʻgʻir, Boyqadam, Boʻzoʻy, Esetota, Kengdola, Koʻpmoʻla, Munke Biy, Olabosh, Olaqoʻzi, Oqqaytim, Qo'tirtosh, Qonbaxtli, Qorabuloq, Qorashoʻqot, Qoratol, Qoratoʻgʻoy, Qoviljir, Qoʻpasoʻr, Qoʻpatoy, Qo‘rg‘onjar, Quyonquloq, Saridulak, Shilikti, Shoʻqisuv, Toldiqum, Toshbuloq, Tumolikoʻl, Ushquroy.
Ijtimoiy soha Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatdaQozoq Ensilopediyasi, 9 tom.
Manbalar
Turkum:Oqtoʻbe viloyati Turkum:Qozogʻiston tumanlari