Ge Misha Tszyunovich (1991-yil 17-mayda tugʻilgan) — xalqaro toifadagi sport ustasi. 2010-yildan muzda nafis uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Misha Ge Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Fransiya, AQSh, Avstriya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Bolgariya, Polsha kabi oʻndan ziyod mamlakatlarda boʻlib oʻtgan xalqaro turnirlarda qatnashib koʻplab sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.
Misha Ge 2014-yil 7-23-fevral kunlari Sochi shahrida oʻtkazilgan qishki Olimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etdi. 13-fevral kuni qisqa dastur boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda, 14-fevral kuni esa erkin dastur boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada gʻoliblik uchun bahs yuritdi.
Sport faoliyati Musobaqa 2009—2010 2010—2011 2011—2012 2012—2013 Jahon chempionati 30 19 16 Toʻrt qitʼa jahon chempionati 12 9 11 Oʻzbekiston chempionati 1 1 Qishki Osiyo oʻyinlari 6 Finlandia Trophy 6 NRW Trophy 5 Xalqaro kubok 8 Icechallenge 2 4
Manbalar
Havolalar
Oʻzbekistonlik Ge Olimpiadaning 13-fevraldagi musobaqalarida qatnashadi, Ozodlik radiosi, 13-fevral, 2014
Turkum:Oʻzbekiston qishki sport turlari sportchilar