Buxoro xalqaro aeroporti  – Buxoro viloyati Buxoro shahriga xizmat koʻrsatuvchi xalqaro aeroport. Buxoro shahar Bahouddin Naqshbandiy koʻchasi 251-uyda joylashgan.

Buxorodagi aeroportga 1999-yil xalqaro maqom berilgan.

Tarixi 1992-yil 4-fevraldagi VMQ-44-sonli qaror bilan Buxoro aeroporti yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston havo yoʻllari tarkibiga kiritilgan.

Buxoro xalqaro aeroportida XXI asr boshlarida qayta taʼmirlash ishlari olib borildi. Shundan soʻng oʻtgan davr mobaynida uchish-qoʻnish yoʻlagi taʼmirlandi, perronlar soni koʻpaytirildi. 2011-yilda bu yerda eng zamonaviy va yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlangan, soatiga 400 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan yangi aerovokzal qurilib, foydalanishga topshirildi. Xalqaro aeroport Buxoroni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan ortiq xorijiy davlatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatishda xizmat qiladi. 2010-yilda Buxoro xalqaro aeroporti ellikka yaqin daʼvogarlar orasida „Aeroport“ xalqaro assotsiatsiyasi eʼtirofiga koʻra MDHdagi eng yaxshi aeroport degan nomga sazovor boʻldi.

2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-sonli prezident farmoni bilan Oʻzbekistondagi aeroportlarni boshqarish uchun Uzbekistan Airports kompaniyasi tashkil etildi va Buxoro aeroporti ham yangi kompaniya tarkibiga kiritildi.

Tarkibi Bu yerda elektron chiptalarning joriy etilgani, mustahkam moddiy-texnik bazaning mavjudligi, samolyotlarni taʼmirlash va ular uchun turish joylarining koʻpaygani, uchish-qoʻnish yoʻlaklarining chang va qordan tozalashda yangi texnologiyalarning qoʻllanayotgani, yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan xizmat turlarining kengaygani va sifati oshganini yuqori baholanadi. Xalqaro terminal yoʻlovchilarga keng turdagi jahon standartlariga muvofiq xizmatlarni koʻrsatadi. Yangi aerovokzal bir soatda 400 nafar yoʻlovchi va sayyohlarni qabul qilish hamda joʻnatish imkoniga ega. Bu esa oʻtgan yilgi koʻrsatkichlardan qariyb uch baravar ortiqdir. Bu yerda barcha turdagi xizmatlar koʻzda tutilgan: VIP va CIP zallar, ona va bola xonasi, tibbiy punkt, aviakassalar, valuta ayirboshlash shoxobchasi, pochta boʻlimi hamda Duty free tarmoq doʻkonlari. Bularning barchasi aeroport va mamlakatimiz transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugun Buxoro xalqaro aeroporti nafaqat kun sayin koʻpayib borayotgan muntazam reyslar, balki Yevropa, Amerika va Osiyoning koʻplab davlatlaridan sayyohlarni olib kelayotgan charter reyslarga ham xizmat koʻrsatmoqda. Aeroportda turli rusumdagi samolyotlarni qabul qilish ishlari xalqaro talablarga muvofiq yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston havo yoʻllari milliy aviakompaniyasidan maʼlum qilishlaricha, Buxoro xalqaro aeroportida joriy yilning toʻqqiz oyida 1 914 ta havo qatnoviga xizmat koʻrsatilgan, 74 ming nafardan ziyod yoʻlovchi tashilgan va bu rejalashtirilgan koʻrsatkichdan 19 foiz koʻpdir.

Infratuzilmasi Aeroport dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Uning asfalt qoplamali boʻlgan 01/19 deb belgilangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

Statistika +Buxoro xalqaro aeroportining yillik yoʻlovchilar oqimi statistikasi (2024–2025)YillarJami yoʻlovchilar soniYoʻlovchilar sonining oʻzgarishi, %daParvozlar soniParvozlar sonining oʻzgarishi, %daManbalar2024551 864 5 632 Passajiropotok aeroportov Uzbekistana viros na 30%2025 574 036 4,0% 5 786 2,7%

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1974-yilning 14-dekabr kuni Aeroflot 124-reysi bilan Buxorodan Dushanbega uchayotgan Yak-40 samolyoti Buxoro aeroportidan uchish vaqtida samolyot havoga koʻtarilmagan va uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan. Samolyot bortida boʻlgan 19 kishidan – 15 yoʻlovchi va 4 ekipaj aʼzosidan 7 nafari halok boʻlgan, 8 kishi tirik qolgan, ulardan 4 nafari tan jarohati olgan.

Manbalar

Turkum:Buxorodagi bino va inshootlar Turkum:Buxoro transporti