Xose Alberto Muxika Kordano (; shuningdek El Pepe () ham deyiladi; 20-may 1935-yil, Montevideo, Urugvay) – Siyosatchi, 2009-yil 29-noyabrdagi Urugvay prezidentlik saylovlari gʻolibi. 2010-yil 1-martdan boshlab – Urugvay PrezidentiMujica inicia contactos en busca de acuerdos con la oposición en Uruguay . Ateist.
Biografiyasi Tupamaros partizanlik harakatining aʼzosi boʻlgan. 14 yil harbiy qamoqxonada oʻtirgan. 2005-yili senator Lusiya Topolanskiga uylangan. 2005-yildan 2008-yilgacha – Urugvay chorvachilik, qishloq xoʻjaligi va baliqchilik vaziri.
Mukofotlari Katta xoch ordeni (Paragvay), 16-avgust 2010-yil Katta xoch ordeni (Peru), 25-yanvar 2011-yil El Presidente recibirá condecoración creada por José de San Martín en 1821 Presidencia.gub.uy, 25-yanvar 2011-yil
Qoʻshimcha maʼlumotlar Urugvayliklar Xose Muxikani „dunyodagi eng kambagʻal Prezident“ deyishadi. 78 yoshli Prezident maoshining deyarli hammasini xayriya ishlariga sarflaydi, shuning uchun ham u eng saxovatpesha Prezident sifatida tanilganJose Mujica: The worldʼs 'poorestʼ president. 12500 dollar oylik maoshidan 1250 dollarini oʻziga qoldiradi. Uning rafiqasi ham xayriya qiladi. Ularning xarid qilgan eng katta narsasi bu – 1987-yilgi Volksvagen avtomobilidir.
Manbalar
Turkum:Urugvay prezidentlari Turkum:Yashayotgan insonlar