FIFA Jahon chempionati 2014 futbol boʻyicha jahon chempionatlarining 20-turniri hisoblanadi, xalqaro erkaklar futboli musobaqasi, bu musobaqa 2014-yilning 12-iyunidan 13-iyuligacha Braziliya yashil maydonlarida oʻtkazildi. Braziliya bu futbol chempionatga ikkinchi marotaba mezbonlik qilda, oldingi 1950-yilgi jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi. Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan Braziliya hech qanday raqobatchilarsiz 2007-yilda ushbu chempionatga mezbon davlat sifatida saylandi va 1978-yilgi Argentinada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan keyin ilk bor mazkur turnir Janubiy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtdi. Musobaqada milliy terma jamoasi gʻalaba qozondi, FIFA Jahon chempionati 2014 finalida terma jamoasini magʻlub qildi, Argentina esa 2-oʻrin bilan kifoyalandi.

2011-yilning iyun oyidan boshlangan saralash bosqichlaridan oʻtib 31 ta milliy terma jamoalar, mezbon Braziliya terma jamoasi bilan final bosqichida ishtirok etdi. Braziliyaning 12 ta shaharlaridagi stadionlarda, jaʼmi 64 ta oʻyin boʻlib oʻtdi, oʻyinlar guruh bosqichidan boshlandi. Mazkur jahon chempionatida ilk bor golni avtomatik aniqlash usulidan foydalandi.

Mezbon davlat bilan birga, 1930-yildagi birinchi jahon chempionatidan beri chempion boʻlgan barcha terma jamoalar (, , , , , va ) ushbu chempionatga yoʻllanma olishdi. 2010-yilgi jahon chempionati gʻolibi terma jamoasi ushbu musobaqada Angliya va Italiya terma jamoalari kabi, guruh bosqichidan ham chiqa olmadi. Urugvay nimchorak finalda, Fransiya chorak finalda kurashni toʻxtatdilar. FIFA Jahon chempionati 2014 finaligacha 2ta sobiq jahon chempionlari Olmoniya va Argentina terma jamoalari yetib kelishdi, Olmoniya qoʻshimcha taymlarda gol kiritib 1-0 hisobida Argentina ustidan gʻalaba qozondi va ushbu Olmoniyaning gʻalabasi jahon chempionatlari tarixida Janubiy Amerika maydonida gʻolib boʻlgan ilk Yevropa jamoasi boʻldi. Shuningdek ushbu gʻalabadan keyin tarixda ilk bora Yevropa vakillari ketma ket eng oxirgi 3ta jahon chempionlari boʻlib kelmoqda (2006-yili Italiya, 2010-yili Ispaniyadan keyin).

Gʻolib jamoa sifatida, Olmoniya terma jamoasi FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 musobaqasiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqa davomida, mezbon shaharlar 5 milliondan ortiq muxlislarni qabul qildi, hamda, Braziliya 202 davlatdan tashrif buyurgan 1 millionga yaqin futbol muxlislarini qabul qildi.FIFA Jahon chempionati 2014

Mezbonni aniqlash thumb|Sepp Blatter Braziliya davlatini 2014-yilgi jahon chempionati uchun mezbon sifatida eʼlon qilmoqda. 2003-yilning 7-martida, FIFA ushbu chempionatni 1978-yilgi jahon chempionatidan keyin ilk bora Janubiy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtishini taʼkidlab oʻtgan edi, ushbu jahon chempionatiga mezbonlikka bir qancha federatsiyalar davogarlik qiladi. Bu qaror shuni koʻrsatadiki keyingi ikki turnir Yevropadan tashqarida oʻtkazilmoqda.

2003-yilning 3-iyunida, Janubiy Amerika futbol federatsiyasi CONMEBOL ilk taklif bilan Argentina, Braziliya va Kolumbiyani mazkur turnirga mezbonlikka davogarlar sifatida taqdim etadi, ammo, 2004-yilning martidan, CONMEBOL Braziliyani bir ovozdan yagona mezbonlikka loyiq davlat sifatida eʼlon qiladi.

Bir necha oylar davomida, Kolumbiya oʻzining nomzodini kiritishga qaror qildi va 2006-yil dekabrida rasman mebonlikka nomzodini bildirdi. Bir hafta oldin Braziliya ham oʻzining namzodini rasman eʼlon qilgan edi. Biroq, Kolumbiya 2007-yilning aprelida nomzodlikdan voz kechadi, keyin Braziliya yagona mezbon davlatligicha qoladi. 2007-yilning 30-oktyabrida FIFA rasman Braziliyani ushbu musobaqaga mezbon sifatida eʼlon qiladi.

Ishtirokchi jamoalar va rasmiylar Saralash bahslari

2011-yilning 3-martida final musobaqasi uchun taqsimlangan oʻrinlar qabul qilindi, saralash prosessi uchun ajratilgan 31ta joy oldingi turnirnikiga oʻxshash boʻldi. 2014-yilgi jahon chempionati saralash bahslari uchun qurʼa tashlash marosimi 2011-yilning 30-iyulida Rio-de-Janeyroning Marina da Gloria shaharchasida boʻlib oʻtdi. Braziliya mezbon davlat sifatida toʻgʻridan toʻgʻri final bosqichda ishtirok etdi.

FIFA milliy terma jamoalarining 208 tadan 203 tasi saralash bosqichlarida ishtirok etdi, bellashuvlar 2011-yilning 15-iyunidan 2013-yilning 20-noyabrigacha davom etdi. Saralangan 32ta terma jamoalarning 24tasi oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan va faqat mustaqil davlat sifatida ilk bor musobaqada qatnashdi. terma jamoasi 16 yillik omadsizlikdan keyin yana jahon chempionatida ishtirok etdi; va 12-yildan soʻng yana chempionatga qaytdi. FIFA Dunyo reytingida eng yuqori oʻrinlarni egallagan va Okeaniya mintaqasidan biror bir terma jamoa 2002-yilgi jahon chempionatidan beri qatnashmadi.

Saralangan jamoalar Quyidagi 32ta terma jamoalar 2013-yilning oktyabr oyidagi dunyo reytingida tutgan oʻrni orqali qurʼa jarayonida joylandihttp://espnfc.com/news/story/_/id/1572890/world-cup-seeds-based-october-world-ranking?cc=5739 va final bosqichga saralandi.

AFC (4) (57) (49) (44) (56)

CAF (5) (32) (59) (23) (17) (33)

OFC (0) Ishtirok etmagan

CONCACAF (4) (31) (34) (24) (13)

CONMEBOL (6) (3) (11) (mezbon) (12) (4) (22) (6)

UEFA (13) (5) (16) (18) (10) (21) (2) (15) (9) (8) (14) (19) (1) (7)

thumb|350px|

2014-yil iyun oyi FIFA reytingi boʻyicha jamoalar roʻyxati Davlat Konfederatsiya Reyting 1 Ispaniya UEFA 1 2 Olmoniya UEFA 2 3 Braziliya (mezbon) CONMEBOL 3 4 Portugaliya UEFA 4 5 Argentina CONMEBOL 5 6 Shveysariya UEFA 6 7 Urugvay CONMEBOL 7 8 Kolumbiya CONMEBOL 8 9 Italiya UEFA 9 10 Angliya UEFA 10 11 Belgiya UEFA 11 12 Yunoniston UEFA 12 13 Qoʻshma Shtatlar CONCACAF 13 14 Chili CONMEBOL 14 15 Niderlandlar UEFA 15 16 Fransiya UEFA 17 17 Xorvatiya UEFA 18 18 Rossiya UEFA 19 19 Meksika CONCACAF 20 20 Bosniya va Gersegovina UEFA 21 21 Jazoir CAF 22 22 Fil Suyak Sohili CAF 23 23 Ekvador CONMEBOL 26 24 Kosta Rika CONCACAF 28 25 Gonduras CONCACAF 33 26 Gana CAF 37 27 Eron AFC 43 28 Nigeriya CAF 44 29 Yaponiya AFC 46 30 Kamerun CAF 56 31 Janubiy Koreya AFC 57 32 Avstraliya AFC 62

Oxirgi qurʼa

Guruh bahslari uchun 32ta terma jamoalar qurʼa yoʻli orqali saralanib olindi. Qurʼa jarayonida, jamoalar 4ta savatchaga 8tadan ( terma jamoasi bilan birga) jahon reytingida tutgan oʻrni boʻyicha solindi. Oʻtgan turnirlardagidek, FIFA bu safar ham bitta mintaqadan, bitta konfederatsiyadan boʻlgan terma jamoalarni (Yevropa bundan mustasno) bitta guruhga tushib qolmasligi uchun bitta savatchaga joyladi. Birinchi savatchaga Braziliya bilan birga qolgan reytingda eng kuchli boʻlgan jamoalar joylandi.

Ushbu chempionat uchun oxirgi qurʼa tashlash marosimi, 2013-yilning 6-dekabrida Baiyaning Mata di San Juan shahridagi Costa do Sauípe Resort mehmonxonasida boʻlib oʻtdi. Marosim FIFA bosh kotibi Jerome Valcke va braziliyalik mezbon ayol Fernanda Lima tomonidan ochib berildi hamda keyingi sakkiz jahon chempionati gʻoliblari boʻlgan millatlardan 8ta mashhur sobiq futbolchilar: Cafu, Fabio Cannavaro, Alcides Ghiggia, Fernando Hierro, Geoff Hurst, Mario Kempes, Lothar Matthaus va Zinedine Zidanelar savatchalardan sharlarni olishda koʻmaklashdi. Qurʼa jarayonida, terma jamoalar geografik mintaqalarga ajratilib toʻrtta savatchalarga joylashtirildi, Yevropaning bitta jamoasi 4-savatdan 2-savatchaga oʻtkazildi. UEFA aʼzolari maksimum 2 tasi bir guruhda joylashishi mumkin, boshqa bitta konfederatsiyadan boʻlgan terma jamoalar bitta guruhga tushmaydigan boʻldi.

Hakamlar

2013-yil mart oyida, FIFA turnirga 52ta hakamlarni tanlab olishni buyurdi, har bir hakam 2tadan yon hakamlari bilan qatnashadi, hakamlar 6ta konfederatsiyalardan kelishgan. 2014-yil 14-yanvarida, FIFA Hakamlar Qoʻmitasi 25ta hakam triolari, 6ta konfederatsiyadan 43ta turli mamlakatlardan turnirni boshqarish uchun chaqirtirildi. Musobaqaning ilk oʻyinini yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura boshqargan boʻlsa, oxirgi final uchrashuvini esa italiyalik Nicola Rizzoli boshqardi. FIFA match report

Hakamlar roʻyxatiKonfederatsiyaHakamYon hakamlarYordamchilar (hakam/assistent)AFCRavshan Ermatov (Oʻzbekiston)Abduhamidullo Rasulov (Oʻzbekiston)Bahodir Qoʻchqorov (Qirgʻiziston)Alireza Faghani (Eron) / Hassan Kamranifar (Eron)Yuichi Nishimura (Yaponiya)Toru Sagara (Yaponiya)Toshiyuki Nagi (Yaponiya)Nawaf Shukralla (Bahrayn)Yaser Tulefat (Bahrayn) Ebrahim Saleh (Bahrayn)Ben Williams (Avstraliya)Matthew Cream (Avstraliya) Hakan Anaz (Avstraliya)CAFNoumandiez Doué (Fil Suyak Sohili)Songuifolo Yeo (Fil Suyak Sohili) Jean-Claude Birumushahu (Burundi)Néant Alioum (Kamerun) / Djibril Camara (Senegal)- / Aden Marwa (Kenya)Bakary Gassama (Gambiya)Evarist Menkouande (Kamerun)Félicien Kabanda (Ruanda)Djamel Haimoudi (Jazoir)Abdelhalk Etchiali (Jazoir) Redouane Achik (Marokash)CONCACAFJoel Aguilar (El Salvador)William Torres (El Salvador)Juan Zumba (El Salvador)Roberto Moreno (Panama) / Eric Boria (Qoʻshma Shtatlar)Walter López (Gvatemala) / Leonel Leal (Kosta Rika)Mark Geiger (Qoʻshma Shtatlar)Mark Hurd (Qoʻshma Shtatlar)Joe Fletcher (Kanada)Marco Rodríguez (Meksika)Marvin Torrentera (Meksika)Marcos Quintero (Meksika)CONMEBOLNéstor Pitana (Argentina)Hernán Maidana (Argentina)Juan Pablo Belatti (Argentina)Víctor Hugo Carrillo (Peru) / Rodney Aquino (Paragvay)Sandro Ricci (Braziliya)Emerson De Carvalho (Braziliya)Marcelo Van Gasse (Braziliya)Enrique Osses (Chili)Carlos Astroza (Chili)Sergio Román (Chili)Wilmar Roldán (Kolumbiya)Humberto Clavijo (Kolumbiya)Eduardo Díaz (Kolumbiya)Carlos Vera (Ekvador)Christian Lescano (Ekvador)Byron Romero (Ekvador)OFCPeter OʻLeary (Yangi Zelandiya)Jan-Hendrik Hintz (Yangi Zelandiya)Mark Rule (Yangi Zelandiya)Norbert Hauata (Taiti) / -UEFAFelix Brych (Olmoniya)Stefan Lupp (Olmoniya)Mark Borsch (Olmoniya)Svein Oddvar Moen (Norvegiya) / Kim Haglund (Norvegiya)Juneyt Chaqir (Turkiya)Bahattin Duran (Turkiya)Tarık Ongun (Turkiya)Jonas Eriksson (Shvetsiya)Mathias Clasenius (Shvetsiya)Daniel Wärnmark (Shvetsiya)Björn Kuipers (Niderlandlar)Sander van Roekel (Niderlandlar)Erwin Zeinstra (Niderlandlar)Milorad Mažić (Serbiya)Milovan Ristić (Serbiya)Dalibor Djurdjević (Serbiya)Pedro Proença (Portugaliya)Bertino Miranda (Portugaliya)Tiago Trigo (Portugaliya)Nicola Rizzoli (Italiya)Renato Faverani (Italiya)Andrea Stefani (Italiya)Carlos Velasco Carballo (Ispaniya)Roberto Alonso Fernández (Ispaniya)Juan Carlos Yuste Jiménez (Ispaniya)Howard Webb (Angliya)Mike Mullarkey (Angliya)Darren Cann (Angliya)

Jamoa tarkiblari

Oldingi jahon chempionati kabi, bu chempionatga ham har bir terma jamoa oʻz tarkibiga 23tadan futbolchi oladi (3tasi darvozabon). Har bir milliy assotsiatsiyalar jamoa tarkiblarini turnirga 10 kun qolguncha eʼlon qilishi shart. Agar oʻyin davomida qaysidir futbolchi jiddiy jarohat olib turnirda boshqa oʻynay olmasa, terma jamoa rahbarlari 24 soat ichida boshqa bir oʻyinchini olib kelish huquqiga ega boʻladi.

Maydonlar thumb|right|Dilma Rousseff (oʻngdan ikkinchi) va Pele (oʻrtada) Belu-Orizontida ishlarni kuzatmoqda

Oʻn sakkizta joy jahon chempionati uchun mezbon shahar sifatida taqdim etildi: Belen, Belu-Orizonti, Brazilia, Kampu-Grandi, Kuyaba, Kuritiba, Florianopolis, Fortaleza, Goyaniya, Maseyo, Manaus, Natal, Portu-Alegri, Resifi, Riu-Branku, Rio-de-Janeyro, Salvador va San Paulu.

FIFA bitta shaharda ikkita stadionda musobaqa uchrashuvlarini oʻtkizmaslikni taklif etdi, Braziliya Futbol Konfederatsiyasining oʻsha paytdagi rahbari Ricardo Teixeiraning taklifi hamda „butun mamlakatning manfaatini“ inobatga olib, 12 shahar FIFAning 2008-yilning dekabr yildagi roziligi bilan mezbonlikka loyiq deb topildi.