Yegor Vladimirovich Krimets 1992-yili 27-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Jizzaxning Soʻgʻdiyona klubi aʼzosi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Egor Krimets professional futboldagi ilk faoliyatini 2011-yili Paxtakor klubida boshlagan. U Paxtakor safida 2 mavsum oʻynadi 39 ta uchrashuvda maydonga tusdi raqiblar darvozasini 4-marta ishgʻol qildi.

2013-yilning boshida u Paxtakordan Xitoyning Beijing Guoan FC futbol klubiga ijaraga berildi. Pekin klubida bir mavsum oʻynab 13 ta oʻyinda maydonga tushdi va yana Paxtakor safiga qaytdiKrimets plays for Beijing Guoan on a loan.

2014-yilning boshidan u Paxtakor tarkibida oʻynay boshladi. 2014-yili Paxtakor oʻzining 10-chempionligini qoʻlga kiritdi, oʻsha mavsumda Egor Krimets 24 ta oʻyinda jamoa sharafini himoya qilib raqiblar darvozasiga 5 ta gol kiritgan. 2016-yil 8-yanvar „Paxtakor“ klubi yana bir bir Krimetsni Xitoyning Beijing Guoan FC jamoasiga ijaraga bergan. Ikki mavsumdan soʻng Xitoy jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan. Keyinchalik Paxtakor jamoasi toʻrt mavsum davomida oʻynab uch bor Oʻzbekiston Superligasi chempionligini qoʻlga kiritgan. 2021-yilgi mavsum ancha ogʻir kelgan va jaroxatga olim mavsum katta qismini oʻtkazib yubordi. Mavsum yakunida „Paxtakor“ klubini tark etib 2022-yilgi mavsumni „Navbahor“ klubida boshlagan. 2022-yil 18-mayda jaroxatlar qaytalanishi va sogʻligʻidagi muammolar sababli „Navbahor“ jamoasi bilan shartnomani bekor qilindi va jamoani tark etdi. Maʼlum vaqt futboldan yiroq boʻlgan Krimets 2023-yil 24-dekabrda „Surxon“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Termiz klubi safida bir mavsum davomida faoliyat olib borganidan soʻng mavsum yakunida jamoani tark etgan. 2024-yil 27-dekabrda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“klubi bilan shartnoma imzolagan.

Xalqaro musobaqalardagi faoliyati

Egor Krimets Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar futbol terma jamoasi safida ham toʻp surgan. Egor 2014-yilning 12-yanvarida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi safida Ummonda boʻlib oʻtgan AFC U-22 Osiyo chempionati 2014 musobaqasining guruh bosqichi ilk uchrashuvida maydonga tushgan va oʻsha oʻyinda jamoa sardori sifatida maydonga tushib 1ta golga mulliflik qilgan edi. Shuningdek, 2014-yili Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida boʻlib oʻtgan 17-yozgi Osiyo oʻyinlari musobaqasidan oʻrin olgan futbol bellashuvida Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida 4 ta oʻyinda maydonga tushib, Afgʻoniston termasiga qarshi boʻlgan oʻyinda gol muallifi boʻlgan edi.

Egor Krimets ilk bora milliy terma jamoa tarkibiga 2012-yili noyabr oyida 2014-yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida bilan boʻlgan uchrashuvga chaqirtirilgan, ammo maydonga tushmagan. Keyinchalik u terma jamoa safidagi ilk debyut oʻyinini 2013-yili 6-sentyabrda terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 2015-yilgi Osiyo kubogida terma jamoa tarkibida qatnashdi, ammo musobaqa davomida faqat zaxirada qoldi.

Shaxsiy hayoti

Uylangan, rafiqasi Kristine Krimets, qizining ismi Mikaela.

Statistikalari

Klubdagi ishtiroki Liga Kubok Qitʼaviy Umumiy Mavsum Klub Liga Isht Gol Isht Gol Isht Gol Isht Gol Oʻzbekiston Liga Oʻzbekiston kubogi Osiyo Umumiy2010PaxtakorOliy liga001000102011161503124220122135040303 Xitoy Liga FA kubogi Osiyo Umumiy2013Beijing Guoan FCXFCh1303020180 Umumiy Xitoy1303020180 Oʻzbekiston37411071555 Umumiy karyerasi50414091735

Yutuqlari 16px Oʻzbekiston Superligasi: 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021 16px Oʻzbekiston Superligasi vitse-chempioni: 2010 16px Oʻzbekiston Superligasi bronza medali sohibi: 2011 16px Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: 2011, 2019, 2020 16px Xitoy chempionati bronza medali sohibi: 2013

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Beijing Guoan F.C. futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Xitoy Superligasi futbolchilari