Yorqishloq — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi shaharcha (2009-yildan). Xoʻjaobod tumanining qarashli Doʻstlik, Toʻrobod, Faqirqishloq, Jalaquduq tumanining Beshtol, 9-boʻlim, Jumboz hamda qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining VLKSM, Alimtepa qishloqlari bilan chegaradosh.
Shaharcha hududida 5 ta maktab, 3 ta DIMI va 4 ta Maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud. Shaharcha hududida yana kiyim-kechak, buyum, dehqon bozori va koʻplab savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari mavjud. Shaharcha haqida Sohiba Hoshimovaning „Yorqishloq“ kitobi chop etilgan. Qishloqdan chiqqan shoir Muhammad Yusuf shogirdi Baxodir Xojimatov sheʼrlari butun mamlakatda mashhur. Qishloqda koʻplab mevalar, poliz ekinlari yetishtiriladi. Qishloq „Andijonning Oltiarigʻi“ deb ataladi. Yetishtirilgan uzum, gilos va turli meva-sabzavotlar Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Rossiyaga eksport qilinadi.
Manbalar
Turkum:Jalaquduq tuman aholi punktlari