FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichining Janubiy Amerika boʻlimida Janubiy Amerika Futbol Federatsiyasiga (CONMEBOL) aʼzo boʻlgan terma jamoalar, 2018-yili Rossiya mamlakatida boʻlib oʻtadigan jahon chempionati uchun saralab olinadi. Jahon chempionati uchun FIFA CONMEBOLga 4,5ta joy ajratgan (shulardan, 4tasi toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma oladi, 0,5 oʻrin esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichi orqali saralanadi).

Format Ushbu saralash bosqichi strukturasi oldingi 5ta saralash bosqichinikiga oʻxshash. Oʻnta terma jamoa doiraviy sistema boʻyicha uy va safar uchrashuvlari orqali kuch sinashishadi. Guruhda eng yuqori 4ta oʻrinni egallagan jamoalar jaon chempionatiga yoʻllanma oladi, 5-oʻrinni egallagan jamoa esa konfederatsiyalararo pley-off bosqichiga chiqadi.

Oldingi saralash bosqichiga qaraganda, ushbu saralash bosqichiga qurʼa orqali bir qancha oʻzgartirishlar kiritildi, qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 25-iyulida kechki soat 18:00da MSK (UTC+3) Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Konstantinovskiy saroyida boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar CONMEBOLning barcha 10ta terma jamoasi saralash bosqichiga kiritildi.

Jadval Bu saralash bosqichida jami 18ta tur boʻladi: 2015-yili 4ta, 2016-yili 6ta va 2017-yili 8ta tur ucrashuvlari oʻtkaziladi.

TurSana1-tur5–13-oktabr 20152-tur3-tur9–17-noyabr 20154-tur5-tur20166-tur7-tur20168-tur9-tur201610-turTurSana11-tur201712-tur13-tur201714-tur15-tur201716-tur17-tur2–10-oktabr 201718-tur

Konfederatsiyalararo pley-off oʻyinlari 2017-yilning 6-14-noyar kunlari boʻlib oʻtadi..

Oʻyinlar Taybreyklar Terma jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha reytinglanadi: Ochkolar soni (gʻalaba uchun 3 ochko, durang uchun 1 ochko va magʻlubiyat uchun ochko yoʻq) Toʻplar nisbati Kiritilgan gollar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan ochkolar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda erishilgan toʻplar nisbati Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda kiritilgan gollar soni Har ikki jamoa oʻrtasidagi oʻyinda eng koʻp safarda urilgan gollar soni (agar chigal vaziyat ushbu ikki terma jamoa oʻrtasida boʻlsa) Neytral maydonda (FIFA Tashkiliy Qoʻmitasi maydonni tanlaydi) pley-off oʻyin(lar)i oʻtkaziladi, asosiy vaqtda ham durang boʻlsa qoʻshimcha vaqt beriladi unda ham durang qayd etilsa penaltilar seriyasini amalga oshiradi.

1-tur

2-tur

3-tur

4-tur

5-tur

6-tur

7-tur

8-tur

9-tur

10-tur

11-tur

12-tur

13-tur

14-tur

15-tur

16-tur

17-tur

18-tur

Konfederatsiyalararo pley-offs

Jahon chempionati saralash bosqichining konfederatsiyalararo pley-off boʻlimi uchun qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 25-iyulida kechki soat 18:00da MSK (UTC+3) Rossiyaning Sankt Peterburg shahridagi Konstantinovskiy saroyida boʻlib oʻtdi. CONMEBOLning 5-oʻrinini olgan jamoasi OFCning 1-oʻrinini olgan jamoasiga qarshi oʻynaydi, CONMEBOL jamoasi 2-javob uchrashuviga mezbonlik qiladi.

Manbalar

Havolalar , FIFA.com , CONMEBOL.com

Conmebol Turkum:FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi (CONMEBOL) Turkum:2015-yili Janubiy Amerika futbolida Turkum:2016-yili Janubiy Amerika futbolida Turkum:2017-yili Janubiy Amerika futbolida