Almatov Zokir Almatovich (1949-yil 10-oktyabr, Toshkent shahri) — 1991—2006-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziriBiografiyasi. 2018-yil 24-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi.

Tarjimai holi 1965—1967 — Harbiy xizmat.

1967—1971 — Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi 6-tresti ishchisi.

1967—1971 — Toshkent universiteti yuridik fakulteti talabasi.

1971—1975 — Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi pasport boʻlimi inspektori, katta inspektori.

1975—1976 — Toshkent viloyati Toshkent tumani ichki ishlar boʻlimi pasport boʻlinmasi boshligʻi.

1976—1979 — Toshkent viloyati Toshkent tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1979—1983 — Toshkent viloyati Toshkent tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1983—1991 — Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1991-yil 16-sentabrda Prezident Islom Karimov tomonidan ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

1995—2005-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti.

2006-yilda nafaqaga chiqarildi.

2018-yil 24-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi.

Mukofotlari 1995-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

1999-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

2005-yil 21-dekabrda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, el-yurt osoyishtaligini taʼminlashdagi koʻp yillik samarali mehnati hamda oʻz xizmat burchini ado etishdagi jasorati va fidoiyligi tufayli Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

2018-yilda Tojikistonning Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.

2019-yil 10-oktyabr kuni tavalludining 70 yilligiga Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 25-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni berilgan. Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar