Ilhom Haydar oʻgʻli Aliyev (; 1961-yil, 24-dekabr; Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — Ozarbayjonlik siyosiy va davlat arbobi. 2003-yilning 31-oktyabridan Ozarbayjon Respublikasining toʻrtinchi prezidenti lavozimini egallagan. Undan oldinroq 2003-yilning 4-avgustidan oʻsha yilning 4-noyabrigacha Ozarbayjon Respublikasi bosh vaziri.
Hayoti Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda BokuPrezident.az — Biografiyasi shahrida tugʻilgan. 1967-1977-yillarda Boku shahridagi 6-oʻrta maktabda tahsil olgan. 1977-yilda Моskva davlat xalqaro munosabatlar institutiga oʻqishga kirgan. Uni tugatgandan soʻng institutning aspiranturasiga qabul qilingan, 1985-yilda dissertasiya himoya qilib, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.Bugun Ilhom Aliyevning tugʻilgan kuniIlhom Haydar oʻgʻli Aliyev 1985—1990-yillarda Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar institutiinstitutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1991—1994-yillarda xususiy biznes sohasida ishlagan. Bir qator mahsulot — kommersiya muassasalariga rahbarlik qilgan. 1994-yildan 2003-yil avgust oyiga qadar Ozarbayjon Respublikasi Davlat Neft Shirkatinning vitse-prezidenti, birinchi vitse-prezidenti boʻlgan. Haydar Aliyevning neft strategiyasini amalga oshirishda faol ishtirok etgan. Suveren Ozarbayjon neft siyosatining geosiyosiy aspektlariga oid bir qator tadqiqot isharining muallifi. Siyosiy fanlar doktori. 1995-yilda va 2000-yillarda Оzarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga deputat etib saylangan. 2003-yilda Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga tayinlanishi sababli deputatlik faoliyatini toʻxtatgan. 1997-yildan Оzarbayjon Milliy Olimpiya qoʻmitasining Prezidenti. Sport va Olimpiya harakatining rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlari uchun Хalqaro Olimpiya Qoʻmitasining yuksak ordeni bilan mukofotlangan. 1999-yilda Yangi Ozarbayjon Partiyasi raisining oʻrinbosari 2001-yilda raisning birinchi oʻrinbosari, 2005-yilda esa partiyaning raisi etib saylangan. 2001—2003-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasida delegatsiya rahbari boʻlgan. 2003-yilning yanvarida Yevropa Soveti Parlament Assambleyasi raisining oʻrinbosari, ESPA Byuro aʼzosi etib saylangan. 2004-yilning aprelida ESPA faoliyatidagi faol ishtiroki va Yevropa ideallariga sadoqati uchun ESPAning faxriy aʼzosi diplomi va ESPA medali bilan mukofotlangan. 2003-yil 4-avgustda Milliy Majlis tomonidan tasdiqlangach, Ozarbayjon Respublikasining Bosh Vaziri etib tayinlangan. 2003-yil 15-oktyabrda Ozarbayjan Respublikasining Prezidenti etib saylangan. Prezident saylovlarida saylovchilarning 76 % dan ortigʻi Ilhom Aliyev uchun ovoz bergan. 2003-yil 31-oktyabrdan oʻz vazifasini bajarishga kirishgan. 2008-yilda qaytadan prezident etib saylangan. 2013-yilda uchinchi muddatga prezident etib saylangan va hozir prezident vazifasini bajarishda davom etmoqda. Ozarbayjon, rus, ingliz, fransuz va turk tillarini biladi. Oilali. Uch farzandi, toʻrt nevarasi bor.
Mukofotlari 28.04.2005 — 22px “Haydar Aliyev” ordeniIlxamu Alievu vruchili orden Geydara Alieva. news.bbc.co.ukOzarbayjon prezidenti ilhom Aliyev mukofotlar taqdim etildi. president.gov.az 22px „Qirol Abdulaziz“ ordeni 22px „Shuhrat“ ordeni 22px „Muborak al-Kabir“ ordeni 22px „Uch yulduz“ ordeni „Katta xoch kavaleri“ darajasi 22px Bolgariya Respublikasining yuksak mukofoti — „Stara Planina“ ordenihttp://www.azertag.com/node/882721 22px Belarus Respublikasi, Doʻstlik tartibihttp://news.day.az/politics/306161.html 22pxXalqaro munosabatlar va tinchlik uchun Xayriya Murabbiysi mukofoti 22px „Yil kishisi“ — 2010-yilning noyabr oyida Buxarest shahrida Ruminiyaning „BalcaniişiEuropa“ („Bolqonlar va Yevropa“) jurnali tomonidan taqdim etilgan 22px Gretsiya parlamentining Oltin medali 22px „Shayxulislom“ ordeni 22px Rossiya Pravoslav Cherkovining „Prepodobniy Sergiy Radonejskiy“ birinchi darajali Ordeni „Katta Kordon“ Shuhrat Ordeni (xalqaro Harbiy -Sport Soveti) FILA — Shuhrat Zalining eng yuksak „Sport Afsonasi“ ordeni Yevropa Adolatli Oʻyinlar harakatining „Shuhrat“ ordeni 22px MDH mamlakatlari Sport Tashkiloti Xalqaro konferensiyasining „Shuhrat Ordeni“ 22px „Birlik ordeni“ 22px „Ismoili Somoniy“ ordeni 22px „Xalqlar doʻstligi“ ordeni 22px Birinchi darajali Тurkiya Respublikasi Davlat Ordeni (2013) 22px Ozodlik ordeni (2013)Prezidenti Ukraїni ta Azerbaydjanu obmіnyalisya derjavnimi nagorodami // Ukraina Prezidenti sayti, 18.11.2013, ukraina tilida 22px Janub-Janub mukofotihttp://www.qafqazinfo.az/siyaset-2/bmt-ilham-eliyevi-teltif-etdi-foto-124064(2015)
Faxriy doktori boʻlgan universitetlar 22px Boku Davlat universitetining faxriy doktori 22px Linkoln Universitetining faxriy doktori 22px Moskva Davlat Xalqaro Munosabatlar universitetining faxriy doktori 22px L. N. Gumilyev — Ovrosiyo Milliy universitetining professori 22px Bilkent universitetining faxriy doktori 22px Soliqlar boʻyicha Milliy akademiyaning faxriy doktori 22px Ploesti Neft va Gaz universitetining faxriy doktori 22px Milliy va Jahon Iqtisodiyoti universitetining faxriy professori 22px Kyung Hi Universitetining faxriy doktori 22px Iordaniya Universitetining faxriy doktori 22px Korvinus universitetining ijtimoiy fanlar boʻyicha faxriy doktori 22px M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining faxriy professori 22px Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universitetining faxriy doktori 22px Maxtumquli nomidagi Turkmaniston universitetining faxriy professori 22px Belorus Davlat universitetining faxriy professorihttp://president.az/president/biography; 22px Turk Havo Qurumi universitetining faxriy doktori.
Faxriy fuqaroligi 22px Astraxan shahrining faxriy fuqarosihttp://news.day.az/politics/301857.html.
Havolalar Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti Ozarbayjon Prezidentining rasmiy YouTube videokanali Ilhom bilan olgʻa Ilhom Aliyev OZARBAYJON PREZIDENTLARI Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyevning nutqlari, chiqishlari, suhbatlari, bayonotlari Ilhom Aliyev va Ozarbayjonning neft diplomatiyasi Ilhom Aliyevning xorijiy siyosiy faoliyati. Elektron nashr
Tasvirlar
Manbalar
Turkum:Siyosat Turkum:Davlat boshliqlari Turkum:Ozarbayjon Bosh vazirlari Turkum:Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiy dunyoning oliy ordeni sohiblari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar