Oʻsh uyezdi – Turkiston general-gubernatorligi Fargʻona viloyatining maʼmuriy-xududiy birligi. Maʼmuriy markazi – Oʻsh shahri.

Tarixi thumb|right|60px|Fedchenko thumb|right|60px|Severtsov thumb|right|60px|Grumm-Grjimaylo Qoʻqon xonligi Rossiya imperiyasiga qoʻshilgandan va Fargʻona viloyati tashkil etilgandan soʻng uyezd 1876 yili tashkil etilgan. Oʻsh uyezdi Turkiston general-gubernatorining 6 fevral 1876 yildagi buyrugʻi bilan tashkil etilgan. Oʻsh uyezdi markazi Oʻsh shahri, maydoni 25 253 verst, aholisi 59 760 odam, shu jumladan Oʻsh shahrida 1881 yili 3 950 odam 1049 uy xoʻjaligida yashagan, 1912 yili esa 45 mingdan oshiq, shu jumladan 900 taga yaqin rus. 1897 yili Oʻsh uyezdida 161 640 odam yashagan, shu jumladan, Oʻsh shahrida 34 157 odam. 1 yanvar 1910 yil holatiga Oʻsh uyezdida 193 382 odam yashagan. Oʻsh uyezdida 6 ta volost va 50 oqsoqollik boʻlgan.

Oʻsh shahrini maʼmuriy boshqarish rus armiyasi ofitseri, uyezd boshligʻi zimmasiga yuklatilgan. Uni Fargʻona viloyati harbiy gubernatori tayinlardi. Uyezd boshligʻi bir vaqtda bir qancha vazifalarni bajargan: shahar rahbari, sudya, polits­iya boshligʻi, tuman boshligʻi, shahar hokimiyati, soliq raisi, kasalxona qoʻmitasi, uyezd va shahar jamoat sogʻliqni saqlash qoʻmitasi, gʻaznaxona har oy tekshiruvchisi, qamoqxona boʻlimi raisi va boshqalar. 1912 yilga kelib uyezd va shahar hokimiyati idoralari tarkiban oʻsdi. Bular rus armiyasi ofitserlari (polkovnik va podpolkovnik) uyezd boshligʻi va uning yordamchisi, ular bir vaqt oʻzida shaharni ham boshqarishgan, uyezd shifokorlari va yer oʻlchovchi mutaxassis, shahar arxitektori, uchastka noziri va poli­tsiya boshligʻi, qamoqxona boshligʻi, sudyalar va boshqalar. Asta-sekin Oʻsh shahriga har xil mutaxassislar va amaldorlar kela boshladi – Topornin S. A. – 10 Turkiston oʻqchilar bataloni (rus harbiylari Oʻsh garnizoni) qoʻmondoni, Popov I. I. – uyezd yer oʻlchovchisi, Tomashevskiy G. R. – qurilish boshqarmasi muhandisi, Kondratyev N. N.- Oʻsh kasalxonasi birinchi boshligʻi, Glushkov P.Ya.- uyezd veterinariya vrachi, Orlov V. F. – rus-tuzem maktabi mudiri, Yassinskiy Ye. I.- katta tibbiy feldsher, Prixodko B. F. – Oʻsh oʻrmonchiligi noziri, Larionov P. – Oʻsh uyezdi boshligʻi yordamchisi. Har xil vaqtlarda shahar hukumati deputatlari va nomzodlari – Romanenko A. F., Artemyev I, Olifin L. I., Popov A. G., Grechkin N. A. va boshqalar boʻlishgan. Shahardagi tartibni politsiya mirshablari – Chikunov A. I., Mushtin A. N., Shpilevskiy A., Grexov N., Markov V., Ribalchenko F. G. va boshqalar nazorat qilishgan. Bu yerdan Markaziy Osiyo va Pomir xududlarini oʻrganish uchun koʻplab ilmiy ekspeditsiyalar boshlangan. Ularni taniqli rus olimlari: Fedchenko A. P., Oshanin V. F., Mushketov I. V., Severtsov N. A., Ivanov D. A., Grumm-Grjimaylo, Grombchevskiy B. L., Kostenko L. F., Zaytsev V. N., Korjenevskiy N. L. va boshqalar boshqarishgan. Shahar xoʻjaligini deputatlar ishtirokida uyezd boshligʻi boshqargan. Shahar kirimi 30 800 rublni tashkil etgan.

Podsho maʼmuriyatidan tashqari mahalliy aholi vakillaridan iborat tuzem maʼmuriyati ham faoliyat koʻrsatgan.

Qadimda Oʻsh shahri togʻ oldi vohasi etagida joylashgan, u yerda qadimdan odamlar yashab kelgan. Sulaymon togʻi janub yon bagʻrida bronza asri vaqti odamlar yashash joyi topilgan. Oʻsh Qirgʻizistonning qadimiy joylaridan biri, hozir shahar tarixi 3 ming yilga ega deb rasman taklif etilgan. X asrda Oʻsh Fargʻona vodiysining uchinchi yirik shahri hisoblangan. Hindiston va Xitoydan Yevropaga ketayotgan karvon yoʻllardagi kesishish nuqtasida joylashgan (qarang Buyuk ipak yoʻli). Oʻsh Markaziy Osiyoning musulmon markazlaridan biri hisoblanadi. Shahar markazida joylashgan qadimiy masjidlari va shuningdek Sulaymon togʻi bilan mashhur.

Geografiya Oʻsh uyezdi Fargʻona viloyatining eng katta uyezdi boʻlgan va janub qismini egallagan. Gʻarbda Buxoro amirligi bilan, sharqda Xitoy bilan chegaradosh boʻlgan. Uyezd Pomir-Oloy togʻ tizimi xududida joylashgan.

Maʼmuriy boʻlinishi Uyezd 1876 yili tuzilganda 3 ta volostga boʻlingan: Gulcha; Oqbura; Novqat.

1881 yili uyezdda 6 ta volost boʻlgan.

1903 yili uyezdda 11 ta volost boʻlgan: Oloy; Oqbura; Buloqboshi; Gulcha; Qashgʻar-Qishloq; Qapchigʻay; Qurshob; Manak; Novqat; Oʻsh; Turuk.

Oʻsh shahrining ramzi thumb|170px|right|Oʻsh shahar gerbi 1908-yil Oʻsh shahar gerbi 22 oktabr 1908 yili tasdiqlanganNa sayte „Rossiyskie sootechestvenniki Issik-Kulya“

Sulaymon togʻi koʻlankasi Oʻsh gerbining markaziy joyini egallaydi. Togʻ koʻlankasi ustida quyosh va undan chiqqan nurlar, butun rasm koʻk rangdagi qirgʻiz bezagi va pastki qismda „Oʻsh“ yozuvi bilan bezatilganOʻsh uyezdi gerbi „Geraldikum“ saytida.

Aholi 1896 yili uyezdda 105 032 odam yashagan. Aholini asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etgan. Shahar rus va tuzem ikki qismdan iborat boʻlgan. Rus qismi Oqbura daryosi boʻylab hozirgi Oʻsh viloyati hokimligi binosi, pravoslav cherkovi, Toʻqtagʻul bogʻi va Dam olish uyi tepa qismida joylashgan.

Oʻsh shahrining aholisi 1910 yildagi statistik maʼlumotlariga asosan 44 204 odamni tuzgan (23 170 erkak, 21 034 ayol): oʻzbeklar – 38 646, qirgʻizlar – 7, uygʻurlar – 500, qoraqalpoqlar – 1 606, dungonlar – 126, tatarlar – 45, qoraqirgʻizlar – 8, tojiklar – 198, forslar – 5, hindlar – 3, loʻlilar – 12, armanlar – 20, afgʻonlar – 5, yevreylar – 33, boshqa millatlar – 51. Uylar – 6 254 (rus qismida 100 ta, tuzem qismida 6 154 ta. Mixail-Arxangel pravoslav cherkovi. Masjidlar – 154, mozorlar – 7, cherkov maktabi, erkaklar maktabi – 20, ayollar maktabi – 12, madrasalar – 5, korxonalar – 8, shahar kasalxonasi 15 ta karavotga, mahalliy harbiy kasalxona, 10 Turkiston bataloni qoshidagi harbiy yigʻilish.

Iqtisodi Qishloq xoʻjaligi uyezdning faqat shimoliy-gʻarbiy qismida rivojlangan edi. Asosiy haydaladigan ekinlar qishqi va bahorgi bugʻdoy, arpa, tariq, guruch, paxta edi. Terini, yogʻochni, temirni va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash kichik hunarmandchilik korxonalari va kasb ishxonalari soni oʻsdi (faqat abjuvoz va moyjuvozlar 850 ta edi). 1908 yili Oʻshda 441 ta sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatgan, ishchilar soni – 616 ta. thumb|right|100px|Nikolay Korjenevskiy Oʻshda energetika tuzila boshladi. 1913 yili Yangi shahar qismida Yakkalik arigʻida kichik GES qurildi, unga 240 ot kuchiga ega „Frensis“ gidroturbinalari va 55 kVt lik doimiy tok generatori oʻrnatilgan. Elektroenergiya tegirmonga kelardi va rus boylarini uylarini yoritardi. 1914-1916 yillari „Shimonek“ firmasi va muhandis Lebedov tomonidan Oqbura daryosi oʻrganib chiqildi va quvvati 4500 ot kuchiga ega ikkinchi GES loyihasi tayyorlandi. Ikkinchi GES Eski shaharda qurildi va eski shahar boylarining uylariga va doʻkonlariga yorugʻlik berardi.

Rus ofitseri Korjenevskiy N. L. 1902 yili Oʻsh va Jalolobod oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqa uchun ikkita geliotelegraf stantsiyasi ishlab chiqdi va oʻrnatdi.

1914 yili Oʻsh shahrida-pivzavod, 2 valikli tegirmon, 2 ichak tozalash, 2 teri koʻnchilik, 2 paxta tozalash korxonalari bor edi. „Zinger“ boʻlinmasi agentlari orqali Oʻsh uyezdi va shahar aholisiga tikuv mashinalarini muvaffaqiyatli sotdi. Oʻshda jun va boshqa chorva xom-ashyosini sotib olishda G. V. Dyurshmidt nemis firmasi va „Stuken va Ko“ firmasi, janubiy Qirgʻiziston oʻrmonlaridagi yongʻoq xom ashyosini tayyorlash va chet elga olib ketishni bir fransuz firmasi olib bordi. Ipak yigiruv sanoati xom ashyosi boʻlgan ipak qurtini „Bauer“ va „Aka-uka Kolombinilar“ italyan va fransuz firmalari sotib olishdi. „Katta Yaroslav manufakturasi“, „Aka-uka Shlossberglar“ va boshqa rus korxonalari paxtanii sotib oldi va uni birlamchi qayta ishlab, Rossiya toʻqimachilik korxonalariga olib ketishdi. Ruslarga Oʻsh gospitali, mahalliy aholiga tuzem kasalxonasi faoliyat koʻrsatardi, keyinchalik butun aholiga xizmat koʻrsatadigan shahar kasalxonasi qurildi. Katta sanitar-profilaktika ishlari, chechak va moxov bilan kurash olib borildi. Veterinariya xizmati va ob-havo stantsiyasi tashkil etildi.

Kinoteatr A. K. Apostolovga tegishli edi. Shaharni elektrlashtirishni va telefonlashtirishni T. G. Dryaxlov, „Pilzen pivosi“ni ishlab chiqaradigan pivo korxonasining egasi A.Yu. Moneta, Oqburadagi tegirmon egasi S. M. Sukorkina, ichak tozalash korxonasining egasi va quruvchi I. D. Shustov va boshqalar boshlashgan. Sanoat hunarmandchilik belgilariga ega edi. Qirgʻizlarning asosiy hunari koʻchmanchi chorvachilik boʻlgan.

Oʻsh uyezdida savdo Asr boshida oʻlkadagi eng katta boʻlgan Oʻsh bozorida 1300 savdo nuqtalari mavjud boʻlgan. Savdo firmalari va savdo-sanoat firmalari faoliyat koʻrsatgan. Savdo bilan Oʻshda Davidov, Yepifanov, Pryadko, oziq-ovqat bilan D. L. Filatov va N.Ya. Pu­gasov; gilamlar bilan – Rahmonberdi Madazimov, A. Raxmatul­layev, A. Vaxobov, X. Ho­jiyev; sanoat mahsulotlari bilan D. Shukin, S. Vadyayev, Sh. X. Abra­su­m; hom-ashyo, chorva bilan-M. Soli­boyev, S. Abdrasulov shugʻullanishgan (TsGA RUz. -F. I. 19. Op.1. D.2504. L.13-27; D.17054. L.2-3; OOGAPD. -F.50. Op.1. D.41. L.4; D.71. L.7,7 obr.). Birinchi mehmonxonani Taranin P. M. ochgan. XX asr boshlarida rus ishbilarmoni D. I. Pavlov „Moskva“ mehmonxonasini qurdi va uchta restoranga egalik qilgan.

Xalq taʼlimi tizimi va Oʻsh uyezdida rus-tuzem maktabi Oʻsh shahar katta oqsoqollari va mingboshilari Sulton va Qudrat Toirboyevlar Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabini ochish tashabbuskorlari boʻlishgan. Shu bilan birga rus-tuzem maktabini ochish uchun ular pul mablagʻlarini berishdi. Oʻsh uyezdi rahbarlari mahalliy aholi maktabga ketadigan harajatlar uchun pul mablagʻlarini berishi, tuzem aholisi yoshlarni rus tilini oʻrganishi kerakligini tushunishayotgani bilan izohladi. Rus-tuzem maktablari – Turkiston oʻlkasi rus maʼmuriyati tomonidan ochilgan boshlangʻich taʼlim maktablari edi. Bu maktablarning maqsadi mahalliy aholi yosh farzandlarini rus tiliga oʻqitish, jahon va rus madaniyati bilan tanishtirish, oʻlka maʼmuriyatining eng quyi pogʻonalariga amaldorlar tayyorlashdan iborat edi. Ushbu rus-tuzem maktablarida rus tiliga oʻrgatish birinchi oʻquv yilidan boshlanardi.

15 yanvar 1887 yili Oʻsh shahar katta oqsoqollari va mingboshilari Sulton va Qudrat Toirboyevlar Oʻsh uyezdi boshligʻi M.Ye. Ionov va Turkiston oʻlkasi rahbarlari yordamida, Oʻshda rus-tuzem maktabini ochishdi. Maktabda oʻsha vaqtda: mudir Orlov V. F., 2 ta ayol oʻqituvchi, muslim savodxonligi oʻqituvchisi B. S. Sultonov va bir amaldor ishlashardi. Ushbu maktab faqat boshlangʻich taʼlim asoslarini oʻqitgan edi. 1915 yili mahalliy rus-tuzem maktabi sinflar va oʻqituvchilar sonini oshirdi. Agarda oldin bitta sinf oʻqitilgan boʻlsa, yanvar oyidan boshlab Turkiston oʻlkasi general-gubernatori roziligi bilan qoʻshimcha ikkinchi sinf ochildi va yana bitta oʻqituvchi Joʻraxon Zaynobiddinov ishga olindi. Uyezd boshligʻi maktab binosini kengaytirish uchun 740 rubl 39 tiyin ajratib berdi. Keyinchalik ushbu maktab oktyabr 25-yilligi deb nomlandi. Oʻqituvchi Boltihoji Sultonov rus-tuzem maktabida kutubxona tashkil etdiPamyati „Pervoy lastochki“. Ushbu kutubxona inqilobdan oldin Janubiy Qirgʻizistonda birinchi kutubxona boʻlgan. Shuningdek Oʻshda Jadidchilik maktabi ochilgan unda Boltihoji Sultonov va sayohatchi va inqilobchi Fozilbek Qosimbekov ishlashgan.

Oʻsh uyezdida madaniyat va sanʼat thumb|right|150px|Teatr binosi – Oʻsh shahri Lenin koʻchasi, 326

1914 yili Rahmonberdi Madazimov rahbarligida Oʻsh shahrida rus-tuzem maktabi oʻqituvchilari Boltihoji Sultonov va Joʻraxon Zaynobiddinov bilan birgalikda teatr toʻgaragi tashkil etilgan.