Azimov, Anvar Sarvarovich (22-noyabr, 1950-yil) - rossiyalik taniqli diplomat. U 1950-yilning 22-noyabrida yozuvchi va diplomat Sarvar Azimovlar oilasida Toshkentda tavallud topgan. Millati jihatidan - Oʻzbek. Tarjimai holi Anvar Azimov 1973-yilda Moskva Davlat Xalqaro aloqalar Institutining () "Xalqaro aloqalar" sohasini tamomlab va shu yilning oʻzida diplomatik faoliyatini boshlagan. Faoliyati 1994-1998-yillarda Rossiyaning Hindistondagi elchihonasida maslahatchi elchisi. 1998-2000-yillarda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV) qoshidagi uchunchi Osiyo departamenti direktori oʻrinbosari. 2000-2002-yillarda Rossiyaning Yugoslaviyadagi maslahatchi elchisi hamda Bosniya va Gersogovina boʻyicha Yuqori kengashida Rossiyaning vakili sifatida. 2003 - 2005-yillarda Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi (TIV) qoshidagi Umumyevropa hamkorlik departamenti direktori oʻrinbosari. 2005-yilning 10-oktabridan to 2008-yilning 31-iyuliga qadar Rossiya Federatsiyasining Zambiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi. 2008-yilning 31-iyulidan а to 2011-yilning 7-iyuniga qadar Venadagi Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotida Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili. 2011-2015-yillarda Rossiya Federatsiyasining Tashqi Ishlar vazirligining muhim vazifalar boʻyicha elchisi. 2015-yilning 30-iyunidanУказ Президента Российской Федерации от 30.06.2015 № 333 «О назначении Азимова А.С. Чрезвычайным и Полномочным Послом Российской Федерации в Республике Хорватии» Rossiya Federatsiyaning Xorvatiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi.

Diplomatik rang 2009-yilning 17-noyabrida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qaroriga koʻra Anvar Azimovga Favqulodda va Muxtor elchi darajasi munosib koʻrilgan.

Mukofotlari Sharaf ordeni (8-iyul, 2011-yil) — Rossiya Federatsiyasining Tashqi siyosatini amalga oshirishda qoʻshgan ulkan hissasi va uzoq yillik diplomatik hizmatlari uchun taqdirlangan. 2013-yilda Vladimir Putin farmoniga oid Rossiyaning I - darajali diplomati unvoni bilan taqdirlangan... Manbalar

Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:22-noyabrda tugʻilganlar