400px|thumb| Matbuot erkinligi indeksi (2022)
Jahon matbuot erkinligi indeksi (WPFI) – 2002-yildan beri mamlakatlarning Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti tomonidan tuziladigan va nashr etiladigan har yiligi reytingi. Tashkilot oʻtgan yillardagi matbuot erkinligi darajasini qayd etgan mamlakatlar reytingi hisoblanadi. Bu har bir mamlakatda jurnalistlar, axborot tashkilotlari, Internet foydalanuvchilari erkinligi, ushbu erkinlik taʼminlanishi uchun hukumat tomonidan qilingan harakatlarni aks ettiradi.
Metodologiya Indeks qisman soʻrovnomaga asoslangan va yetti umumiy mezonlarga asoslangan: plyuralizm (media maydonidagi fikrlarning ifodalash darajasini oʻlchaydi), ommaviy axborot vositalari mustaqilligi, jamoatchilik fikri va senzura, qonunchilik doirasidagi kenglik, shaffoflik, infratuzilma va suiisteʼmollar2022 World Press Freedom Index, Methodology.
Metodologiya 2022-yilda har bir turkum uchun baholashni tegishli ravishda oʻzgartirdi2022 World Press Freedom Index, Methodology : natijalari endilikda besh alohida turkumga qarab baholanadi: siyosiy kontekst, huquqiy kontekst, iqtisodiy kontekst, ijtimoiy-madaniy kontekst va xavfsizlik.
Siyosiy kontekst Ushbu toifada ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini, hukumat va mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun ommaviy axborot vositalariga koʻrsatilgan yordam darajasini baholashni maqsad qilgan.
Huquqiy kontekst Soʻrovnoma ommaviy axborot vositalari uchun huquqiy asosni (shu jumladan matbuotga oid jinoyatlar uchun jazoni, davlatning ayrim turdagi ommaviy axborot vositalariga monopoliyasi mavjudligi va ommaviy axborot vositalarining tartibga solinishi) va ommaviy axborot vositalari mustaqilligining darajasini hisobga oladi. Shuningdek, bu Internet axborot erkin oʻtishi boʻyicha qonunbuzarliklarni ham oʻz ichiga oladi.
Iqtisodiy kontekst Matbuotning oʻz vazifasini bajarish orqali zimmasiga yuklatilgan iqtisodiy cheklovlarni baholashdir.
Ijtimoiy-madaniy kontekst Jurnalistlarga tanqid qilishga qoʻyilgan ijtimoiy va madaniy cheklovlarni baholashni maqsad qiladi.
Xavfsizlik Ushbu turkumda jurnalistlarning yangiliklarni tarqatishda xavfsizligini baholash maqsad qilingan.
Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari qarshi zoʻravonlik, shu jumladan davlat organlari, mansabdor shaxslar, maxfiy tashkilotlar tomonidan qilingan bosimlar yil davomida kuzatiladi va bu ham yakuniy natijalarning bir qismi hisoblanadi.
Soʻrovnoma chegara bilmas muxbirlar tashkilotining hamkor tashkilotlari: beshta qitʼada joylashgan 18 ta soʻz erkinligi boʻyicha nodavlat tashkilotlar, uning butun dunyo boʻylab ishlayotgan 150ta muxbirlaridan, jurnalistlar, tadqiqotchilar, huquqshunoslar, inson huquqlari faollariga yuboriladi.
2002—2013-yillardagi mamlakat yoki hududlar boʻyicha reyting va natijalar