Saʼdulla Siyoyev (1939-yil 25-martda Qozogʻistoninng Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlogʻida tugʻilgan — 2021-yilning 21-fevralida uzoq davom etgan kasallikdan soʻng 82 yoshida vafot etdi ) — yozuvchi, dehqon oilasida tugʻilgan. Qarnoqdagi oʻrta maktabda (1946—1956), Toshkent Davlat dorilfununida (1957—1962) oʻqidi. Saʼdulla Siyoyev Toshkent radiosida, respublika vaqtli matbuoti, „Mushtum“ satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u Oʻzbekiston uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi boshligʻidir.
Saʼdulla Siyoyev ijodi sheʼr yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki sheʼri 1956-yilda „Qizil Oʻzbekiston“ roʻznomasida bosiladi.
Hikoyalari „Qiz bolaning pandi“ (1963) „Ming bir qiliq“ (1964) „Charxpalak“ (1965) „Uyimizga mehmon keldi“ (1966)
Saʼdulla Siyoyevning hikoyalarida bugungi qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuygʻular ulugʻlanadi.
Hikoyalar toʻplamlari „Qasam ichmagan yigit“ (1970, birinchisi, lirik va hajviy-yumoristik) „Sadagang ketay“ (1972) „Toʻylar muborak“ (1975) „Oy borib, omon keeling“ (1976) „Ogʻir vaznli janjalkash“ „Erkaklar uchun ertaklar“
Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuygʻularini ardoqlaydi.
Qissa va hikoyalar toʻplamlari „Yorugʻlik“ (1986) „Beparvo boʻlmoqchiman“ (1990) „Majnuntolning novdasi“ (1989, Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etilgan)
Romanlari „Avaz“ (1987) „Turkistonlik avliyo“ (hozida, tarixiy, Ahmad Yassaviy haqida)
Rus tilidagi toʻplamlari „Sneg na golovu“ (1988) „Skazki dlya mujchin“ (1989)
Saʼsulla Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirgʻiz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chogʻda u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning koʻplab hikoyalarini oʻzbek tiliga tarjima qilganSobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993.
Manbala
Havolalar Saʼdulla Siyoyev „Buyuk shaxslar“ portalida Yozuvchi haqida qoʻshimcha maʼlumot Roman: Ahamad Yassaviy (online oʻqish)
Turkum:Kishilar