Mozandaron () — Eron ustonlaridan biri. Eronning shimoliy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Soriy shahri. Boshqa yirik shahri: Bobul. Aholisi soni — 3 070 000dan ziyod. Shimoldan Kaspiy dengizi bilan chegaradosh.

Shahristonlari Mozandaron ustoni 15 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Omul Bobul Bobulsar Behshahr Cholus Juybar Mahmudobod Neka Nuhr Navshahr Qoyimshahr Ramsor Soriy Savadkoʻh Tonikobon

Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Mozandaron ustonida 3 073 943 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini mozandaronlar va forslar tashkil etadi. Ustonda shunigdek gilaklar, tukrmanlar, kurdlar, ozarbayjonlar, armanlar, gurjinlar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tillari — forscha va mozandaroncha.

Manbalar

Iran Provinces

Turkum:Eron ustonlari