Xuziston () — Eron ustonlaridan biri. Eronning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Ahvoz shahri. Aholisi soni — 4 530 000dan ziyod. Shimoldan Ilom va Luriston ustonlari, gʻarbdan Iroq, sharqdan Chahormahol va Baxtiyoriy ustonlari, janubi-sharqdan Bushahr ustoni, janubdan Fors koʻrfazi bilan chegaradosh.

Shahristonlari Xuziston ustoni 23 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Abadon Andiko Ahvoz Bogʻmalak Bahbahon Gatvand Dashti Ozodagon Dizfoʻl Izi Lali Masjidi-Sulaymon Mohshahr Umidiyo Ramhurmuz Ramshir Haftgil Xandijon Xuvayza Xurramshahr Shodagon Shash Shashtir Ondimashk

Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Xuziston ustonida 4 531 720 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini forslar va arablar tashkil etadi. Ustonda shunigdek lurlar va boshqa millat vakillari istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha.

Manbalar

Iran Provinces

Turkum:Eron ustonlari

Turkum:Eron–Iroq urushi