thumb|right|250px|Jamala „1944“ ukrainalik qoʻshiqchi Jamala ijrosidagi qoʻshiqdir. 2016-yilning 5-fevral kuni Eurovision qoʻshiq tanlovining 2016-yilgi tanlovida ishtirok etish uchun taqdim etilgan edi. Ushbu qoʻshiq „Eurovision“ tarixida ilk marta qrimtatar tilida kuylangan ilk qoʻshiq boʻldi. Oʻsha yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida aynan Jamalaning „1944“ qoʻshigʻi gʻolib deb topildi.
„1944“ qoʻshigʻi soʻzlari qisman ingliz, qisman qrimtatar tilida yozilgan. Ushbu qoʻshiqning ilk soʻzlari 2014-yilda ukrain tilida yozilgan edi. Qoʻshiqda 1944-yilning 18-may kuni yuz bergan Qrim tatarlari deportatsiyasi haqida gap boradi. Oʻsha yili yuz minglab qrim tatarlari Markaziy Osiyoga, asosan Oʻzbekistonga sovet hukumati tomonidan badargʻa qilingan edi.
Trek-list
Chartlar Chart (2016) Chartoʻrni (TopHit) 129 (Tophit Ukraine Charts) 2
Reliz tarixi Hudud Sana Leybl Umumjahon 12-fevral 2016-yil Enjoy Records
Manbalar
Havolalar
Jamalaning Eurovision rasmiy saytidagi profili
Turkum:Eurovision Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar