„7-SER“ („7-siljuvchi elektron robot“) – oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov hamda jurnalist Tohir Hobilov yozgan ilmiy-fantastik qissa va hikoyalar toʻplami. 1972-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga Shayxovning yetti hikoyasi hamda Hobilovning „Hikmat afandining oʻlimi“ qissasi kiritilgan.

„7-SER“ Shayxov oʻz adabiy karyerasining ilk yillarida yozgan asarlardan biridir. Tanqidchi va adabiyotshunos Pirmat Shermuhamedov „7-SER“ qissasini salbiy baholagan. Xususan, Shermuhamedov „Adib robotning tuzilishi, oʻziga xos ishlash usuli, Farhodning hayratlanishi haqida maʼlumotlar berish bilan cheklanib qolgan“, deb yozgan.

Qissa va hikoyalar Hojiakbar Shayxov „7-SER“ „Tasodifiy qoʻnish“ „Toshdagi izlar“ „Maydon panohida“ „Mars, Fobos, Deymos va Inson“ „Gʻaroyib tushlar“ „Kelgindilar“

Tohir Hobilov „Hikmat afandining oʻlimi“

Manbalar

Havolalar „7-SER“ Ziyouz saytida

Turkum:Hikoya kitoblar Turkum:Qissalar