„Denis hikoyalari“ () — rus yozuvchisi Viktor Dragunskiy qalamiga mansub hikoyalar sikli. Hikoyalarda bosh qahramon Denis Korablyov maktabgacha davrda va boshlangʻich maktabda boshidan kechirgan hodisalar haqida hikoya qilinadi. 1959-yildan chop etila boshlangan hikoyalar sovet bolalar adabiyotining eng sara asarlaridan hisoblanadi. Hikoyalar bir necha marta qayta chop etilgan, ular asosida filmlar suratga olingan. 2012-yil Denis haqidagi hikoyalar „Bolalar uchun 100 kitob“ () roʻyxatiga kiritilgan.
Asosiy qahramon uchun yozuvchining oʻgʻli Denis Draguniskiy asos boʻlgan. Draguniskiy keyinchalik taniqli jurnalist va dramaturg boʻlib yetishgan. Shuningdek, hikoyalarning birida tilga olingan Denisning singlisi Kseniya obrazi yozuvchining qizi Kseniya Dragunskaya asosida yaratilgan boʻlib, bu farzandi ham taniqli dramaturg boʻlib yetishgan.
1978-yil 37 hikoyadan iborat oʻzbekcha toʻplam „Yigirma yil karavot ostida“ nomi bilan chop etilgan. Hikoyalarni rus tilidan Surayyo Saydaliyeva tarjima qilgan.
Qahramonlari
Denis Korablyov () – bosh qahramon Denisning otasi Denisning onasi Mishka Slonov () – Denisning sinfdoshi va doʻsti Kostik () – Denis va Mishkaning doʻsti Alyonka () – Denisning qoʻshnisi Raisa Ivanovna () – adabiyot oʻqituvchisi Boris Sergeyevich () – musiqa oʻqituvchisi
Oʻzbekcha tarjimaga kiritilgan hikoyalar
Menga Singapur haqida soʻzlab bering () Fantomas () Yigirma yil karavot ostida () Gʻildiraklar taq-taq-taqlab kuylaydi () Ivan Kozlovskiyning shuhrati () Menga nima yoqadi-yu () Va nimalar yoqmaydi () Mishka nimalarni yoqtiradi () Grossmeysterning shlyapasi () Josus Gazandayevning oʻlimi () Etik kiygan mushuk () Keksa dengizchi () Karam shoʻrva professori () Boʻyoqchilar Tik devorda motopoyga () „U tirik, yaltirayapti“ () Sir ochildi () Ritsarlar () Siz, sirkachlardan qolishmaymiz () Ingliz Pavlya () Roppa-rosa 25 kilo () Bolalikdagi doʻstim () Gʻozning kekirdagi () Moviy osmondagi qizil shar () Tarvuz koʻchasi () „Katta“ konsert Shardagi qizcha () Fil va radio () Poyezddagi voqea yoki xalola-xoʻp Fligeldagi yongʻin yoki muz ustidagi jasorat () Tiniq daryo boʻyidagi jang () Vankaning velosipedi () Yuzi koʻk kishi () Samolyotda uchishimga sal qolgani haqida () Ajoyib fikr () Minoradan suvga qanday sakraganim haqida () Sayroqi qushlar koʻrgazmasi ()
Manbalar
Turkum:Hikoya kitoblar