„Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ () () — Kseniya Kachalova hamda Yeruxim Izrailevich qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1952-yil Moskva shahrida „Vneshtorgizdat“ nashriyotida chop etilgan. „Prakticheskaya grammatika angliyskogo yazika“ ingliz tili grammatikasi boʻyicha Sovet Ittifoqi va keyinchalik MDH mamlakatlarida ingliz tili boʻyicha eng keng tanilgan qoʻllanmadir. Asar bir necha oʻn marta qayta nashr qilingan. Ayrim nashrlar ikki jilddan iborat.
Qoʻllanma SSSR parchalanib ketganidan keyin nafaqat Rossiya, balki boshqa MDH mamlakatlaridagi OTMlarning ingliz tili kurslarida foydalanishda davom etdi. Koʻplab ilmiy asarlarda ushbu qoʻllanma materiallaridan foydalanilgan.
Asar dastlab SSSR Tashqi savdo vazirligi tizimiga kiruvchi oliygohlar talabalari uchun moʻljallangan. Shuning uchun unda savdo-sotiq hamda iqtisod mavzularida koʻplab misollar keltirilgan. Asarning yarim asr oʻtib chop etilgan nahsrlarida ham sovet davriga xos va eskirgan misollar saqlanib qolingani tanqidga uchragan. Asarda ingliz tili morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi hamda AQSH hamda Britaniya dialektlari oʻrtasidagi farqlar boʻyicha maʼlumot berilgan. Kitobda, shuningdek, mustaqil oʻrganuvchilar uchun mashqlar hamda ularning javoblari keltirilgan.
Manbalar
Turkum:Ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitoblar