Tohiriy Abduvahhobovich Muidjon — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi (2016—2018). General-mayorНовости. Jaloliddin Manguberdi ordeni sohibi.
Biografiyasi 2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi.
2006—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari.
2009—2010-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.
2010—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi.
2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari.
2013—2016-yillarda Oʻzbekiston Prezidentining xavfsizlik xizmati boshligʻi.
2016-yil 20-dekabrdan 2018-yil 12-fevralgacha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi.
2018-yilning dekabr oyida hibsga olingan. 2019-yil 16-may kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi hukmi bilan uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.Davlat bojxona qoʻmitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy uch yarim yilga qamaldi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston generallari Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari
Turkum:Jaloliddin Manguberdi ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston davlat qoʻmitalari raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar