„Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ () — amerikalik psixolog Dale Carnegie qalamiga mansub kitob. Ilk bor 1926-yil „Omma oldida soʻzlash: Biznesmenlar uchan amaliy kurs“ () nomi bilan chop etilgan. 1937-yil „Omma oldida soʻzlash va biznesda odamlarga taʼsir oʻtkazish“ () nomi bilan qayta nashr qilingan. 1956-yil kitobi nomi yana „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ () qilib oʻzgartirilgan. Asar rus va oʻzbek tillarida aynan shu nom bilan tanilgan. 1962-yil kitobning Carnegie kursi uchun moslashtirilgan nashri „Samarali nutq soʻzlashning tez va oson yoʻli“ () (1962) nomi bilan chop etilgan. 2005-yil kitobning yangi nashri „Muvaffaqiyatga erishish uchun omma oldida soʻzlash“ () nomi bilan dunyo yuzini koʻrgan.

1956-hamda 1962-yilgi nashrlarni Dorothy Carnegie tayyorlagan. 2005-yilgi nashrni Arthur Pell nashrga tayyorlagan. Pell versiyasida Dorothy Carnegie versiyasida olib tashlangan materiallar qayta tiklangan. Kishilarga mustaqil ravishda oʻsishda koʻmaklashishni koʻzlovchi ushbu asar oʻz-oʻziga yordam berish () janridagi eng mashhur kitoblarning biridir.

Asar muallifning kurslari davomida qoʻllangan standart adabiyot boʻlgan. Kitobning asosiy maqsadi omma oldida soʻzlashni chuqur tushuntirib berish hamda omma oldida nutq soʻzlashda kelib chiqadigan qoʻrquvlarni yengishga yordam berishdir.

„Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbek tilida ilk bor 2010-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Yana „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ () va „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ () kitoblari bilan birgalikda „Muvaffaqiyat kaliti“ nomi bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan. Toʻplamni oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan.

Havolalar

„Muvaffaqiyat kaliti“ toʻplami Oʻzkitob saytida

Turkum:Ommabop psixologiya boʻyicha kitoblar