Istiqlol koʻchasi (1917-yilgacha – Vorontsov shoh koʻchasi, 1961-yilgacha – Stalin koʻchasi, 1965-yilgacha – Bratskaya koʻchasi, 2013-yilgacha – Hadicha Sulaymonova koʻchasi, koʻchaning bir qismi Xorazm koʻchasi deb atalgan) – Toshkent shahri markazidagi koʻcha, Buyuk Turon va Istibol koʻchalari oraligʻida joylashgan.

Tarixi Istiqlol koʻchasi shaharning eng qadimiy koʻchalaridan biri boʻlib, 1865-yilda eski Oʻrdaning janubiy devori boʻyidagi ariq oʻrnida paydo boʻlgan. Oʻsha vaqtda uzunligi 1,7 km boʻlgan. Oktyabr inqilobigacha bu koʻchada yirik maʼmuriy, madaniy-maʼrifiy muassasalar joylashgan edi. 1873-yilda bu koʻchada Turkiston general-gubernatorligi idorasi binosi qurilgan (Sovet davrida Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi joylashgan, 18-uy).

Koʻchaning qarama-qarshi burchagida 1870-yildan Turkiston xalq kutubxonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona)1921-yil may oyida kutubxona binosida toshkentlik adabiyotshunoslarning shoir Sergey Yesenin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. va kimyo laboratoriyasi joylashgan. 1876-yilda Oʻrta Osiyoda birinchi Turkiston oʻlkashunoslik muzeyi laboratoriya qoshida alohida xonalarda joylashgan (1948-yilda bu yerda Alisher Navoiy nomidagi kutubxonaning yangi 2 qavatli binosi qurilgan).

thumb|250 px|left|Toshkent shahar boshqarmasi binosi

1899-yilda kutubxona roʻparasida shahar dumasi binosi klassik arxitektura uslubida qurilgan (meʼmor Gamburger). Koʻcha rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan Duma binosi buzib, oʻrniga Oʻzbekiston Davlat rejalashtirish qoʻmitasi binosi qurilgan.

1885-yilda Vorontsov shoh koʻchasi boʻylab bogʻ tashkil etilgan. Sulaymonova va Ikan koʻchalari burchagida meʼmor SvarichevskiyUy oʻlka general-gubernatoriga tegishli degan notoʻgʻri tushuncha bor, lekin bu hujjatlarda tasdiqlanmagan. loyihasi boʻyicha qurilgan bir qavatli bino saqlanib qolgan. Oʻtgan asrning 90-yillari boshida bu binoda Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati joylashgan edi. Undan oldin esa OʻzSSR Tashqi ishlar vazirligi binosi boʻlgan.

1889—1899-yillarda Rossiyaning mashhur siyosiy va jamoat arbobi, 1917-yilda Rossiya Muvaqqat hukumatining vaziri-raisi boʻlgan A. F. Kerenskiy Vorontsov shoh koʻchasidagi 47-uydaUy Amir Temur shoh koʻchasi (1991-yilgacha – Moskva, Engels koʻchasi deb atalgan) va Istiqlol koʻchasi burchagida joylashgan. ota-onasi bilan hukumat kvartirasida yashagan.

Diqqatga sazovor joylari Istiqlol koʻchasida bir qavatli va koʻp qavatli yakka tartibdagi binolar, shuningdek, noturar joy binolari joylashgan . Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, 50-sonli maktab, „Bon“ qahvavaxonalar tarmogʻi filiali, „Credo“ restorani.

Jamoat transporti Avtobus yoʻnalishlari: 30, 37, 71, 91

Koʻcha yaqinida „Mustaqillik maydoni“ metro bekati joylashgan.

Fotogalereya

Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati

Manbalar

Havolalar Xudojestvenniy almanax „Pisma o Tashkente“. Statya „Stalina, Bratskaya, Suleymanovoy, Istiklol“ Turkum:Toshkent koʻchalari