Boku otashgohiozarb. Bakı atəşgahı300pxIbodatxonadagi muqaddas olovMamlakat25px OzarbayjonShahar25px BokuTegishliOtashgoh Davlat Tarixiy-Meʼmoriy QoʻriqxonasiQurilish vaqtiXVII asrUslubiotashparastlik ibodatxonalariHolatiOchiq osmon ostidagi muzeyUNESCO muhofazasiga olinganRasmiy nomi: Surakhany, Atashgyakh (Fire - worshippers, temple - museum at Surakhany)TuriMadaniyMezonlarii, iiiTayinlangan1998Manba nomeri1172DavlatOzarbayjonHududYevropaOzarbayjondagi tarixiy obidalarni roʻyxatga olishManba nomeri1TuriibodatxonaAhamiyatiDunyo ahamiyatida300pxibodatxonaning plani
Boku otashgohi (ozarb. Bakı atəşgahı) — Ozarbayjondagi hindlarning otashparastlar ibodatxonasi Apsheron yarimorolida, Boku markazidan 30 kilometrda Suraxan tumanida Suraxan qishlogʻi chetlarida joylashgan, turli davrlarda zardushtiyaliklar, hindlar hamda sikxlar sigʻingan. XVII — XVIII asrlarda „mangu“ oʻchmaydigan olovlar joyida — tabiiy gazning yonib chiqishi sababli ibodatxona „Otashgoh“ deb ataladi, bu „Olov uyi“, „Olov joyi“ maʼnosini bildiradi.
Meʼmoriy kompleksi olti qirrali tishli tashqi devor bilan chiqish portalidan iborat, hovli makazida toʻrt qirrali asosiy ibodatxona — mehrob qad koʻtargan, bu otashparastlarning ziyorat joyi boʻlgan. Kirish poratalida Apsheronda anʼanaviy boʻlgan mehmonxona (balaxan) boʻlgan.
Ibodatxona majmuasi qurilishi 1713-yilga mansub. Ibodatxona oldindan mavjud boʻlgan va oʻzining birlamchi rejalarini saqlab qolib bizning vaqtgacha yetib kelgan. Mehrob olovi Ozarbayjon hududida midiya davridan keng tarqalgan mehroblar qurilishini qadimgi anʼanalarini aks ettiradi. Olov mehrobi rejasi toʻrt ustun toʻrtburchaklar va gumbaz bilan yopilgan va toʻrt tomonga ochiq markaziy joyli anʼanaviy koʻrinishga egaligi shu yerdan kelib chiqqan.
Ozarbayjon prezidenti farmoniga koʻra ochiq osmon ostidagi muzey Davlat tarixiy- meʼmoriy qoʻriqxona deb eʼlon qilingan. Muzeyga tshrif buyurganlarning soni yiliga oʻrtacha 15000 kishini tashkil etadi.
1998-yilda Boku otashgohi Umumjahon meros obyektlari roʻyxatiga kiritish uchun YUNESKO ga taklif etilgan.
Tarix
III—XVII asrlar Kavkazortida Zardushtiylik otashparastligi haqida eng erta maʼlumotlar, bu yerda otashparastlik ibodatxonalariga asos solgan Sosoniylar davriga mansub. Olib mobed Kartirning (III asr) „Kaaba Zoroastr“ dagi yozuvidan u Kavkazortidagi muqaddas olovlarni bagʻishlagani va ularga xizmat qilish uchun ruhoniyni tayinlagani aniqlangan "….Albamiya va Balasakan mamlakatlarigacha… Alban darvozalarigacha .. oʻsha mamlakatlarda boʻlgan afsungarlar va olovlarni, men boshqardim, talon tarojlik va kamsitilishga yoʻl qoʻymadim, ulardan olib qoʻyilgan har narsani men qaytarib berdim; men ularni oʻz oʻlkamga olib keldim, men yaxshi afsungarlarga ishonaman va ularni eng uligʻ qildim va ardoqladim ".
Moisey Xorenskiy ni Bagavan viloyatini tariflaganida Shohinshoh Ardashir I (227—241) tomonidan Bagavanda otashparastlik ibodatxonalarini tashkil etgani haqida qayd qilingan.
624 yilda imperator Irakliy Bokuga bostirib kiradi va forsiylar yonayotgan gazga sigʻingan koʻpgina ibodatxonalarni vayron qiladi.
Gevond (VIII asr) oʻchmas olovlar yongan Atshi-Baguan shahrini qayd etgan. Ayrim tatdqiqodchilarning fikricha Atshi bu — „Atash“ (olov) ning oʻzgargan nomi, Atashi-Baguan — „muqaddas olovlar joyi“, yaʼni hozirgi Boku joylashgan joy nazarda tutilgan. 930 yilda Istaxri „Yoʻllar va mamlakatlar kitobida“ Boku yaqinida aholisi zardushtiylar boʻlgan qishloqlar mavjud deb yozadi. Bu maʼlumotni arab geografi Abulfeda ham taʼkidlagan. Gruzin „Kartlis Tsxovreba“ yilnomasida Boku XIII asrgacha Bagavan deb atalgan.
1683-yilda Suraxani qishlogʻiga kelgan nemis sayohatchisi Kempfer Apsheronda toʻrtta sigʻinadigan olovli chuqurlar haqida takidlagan..
XVII—XVIII asrlar 300px|right|thumb|Grigoriy Gagarinning rasmida 300px|right|thumb|Otashgohdan Hind (yuqoridagi) va forsiy (zardushtiy, pastdagi) yozuvar 300px|right|thumb|Suraxan qishlogʻidagi yetti sigʻinadigan olovli chuqurlar va ibodatxona toʻsini. E.Kempfer rasmi, XVII asr oxiri Taxminan XV-XVI asrlardan Shirvonni Hindiston bilan diplomatik hamda savdo aloqalari kengayadi. Shimoliy Hindistonlik savdogarlar — toshlar va ziravorlar sotuvchi va shivaizm va monnas sikx sektasi tarafdorlari hisoblangan savdogarlar hisobiga Suraxan yonidagi otashparastlik joyi tiklanib hindlar va sikxlar ibodatxona sifatida foydalanilgan. XVII asrda manbalarga koʻra, olovga sigʻinish uchun Bokuga kelgan hind ziyoratchilari tashrif buyurgan. Ibodatxonaning eng birinchi qurilmasi 1713-yilga mansub. Eng kech qurilmalarga 1810-yilda Kanchanagar sotuvchisi hisobiga qurilgan deb yozilgan yozuvga asosan markaziy ibodatxona — mehrob kiradi.
XVIII asr davomida muqaddas qadamjolar atrofida ibodatxona, hujra, karvon — saroylar qurilgan. Yodgorlik hujralarida toshiga koʻra turli xil yozuvlar mavjud, ular hind — davanagari va gumruki yozuvlarida bajarilgan. XIX asrning boshlarida ibodatxona bizgacha yetib kelgan koʻrinishga ega edi. Mahalliy meʼmorchilik anʼanalarida qurilgan Otashgoh qadimgi olov mehroblari hususiyatlarini oʻz ichiga olgan. Bu besh burchakli qurilma tishli tashqi devor va kirish portaliga ega. Ichki hovli markazida asosiy ibodatxona — mehrobining toʻrtburchakli rrotondasi qad koʻtargan. Kirish portali ustida Apsheronda anʼanaviy mehmonxona — „balaxan“ tashkil etilgan.
Ibodatxona — muqaddas joy yaqinida hozirda toshlar bilan koʻmilgan, avval esa muqaddas olovda oʻlgan hindlarning tanalari yoqilgan toʻrtburchakli chuqur joylashgan. Otashgohda yashagan, onʼgga yaqin darveshlar olovga sigʻingan, oʻz tanasini qiynoqlarga solib ruxini tozalab asketik hayot tarzini olib borishgan. Ular vazni 30 kilogacha yetadigan zanjirlarni oʻziga osgan, badanining ayrim qismlari oʻlmagunicha oʻchmagan kuya ustida yotishgan. Ular ishlamagan va hind savdogarlari sadaqalari hisobiga yashashgan. Darvishlar odam ruhi oʻlganidan soʻng qayta tugʻilib Yerga qaytisihiga ishongan. Qay koʻrinishda qaytishi esa, amaldor odam yoki biron bir hayvon koʻrinishidaligi yaxshi va yomon qilgan ishlariga bogʻliq.
Bundan tashqari, hindi va sikxlardan tashqari ibodatxonada zardushtiylar ham (fors va gebrlar) boʻlgani haqida bir qator maʼlumotlar mavjud. XVII asrning 60 yillarida Sharden Shemaxidan ikki yoʻl narida, yaʼni Apsheron yarim orolidagi mangu yonuvchi olovga sigʻinadigan fors — gebrlar haqida maʼlumot bergan.
1683-yilda Suraxaniga kelgan E.Kempfer otashparastlar orasida Hindistonga koʻchgan ikkita forslar avlodi mavjudligini yozadi, yaʼni ularni forsiylar deb ataydi.
1689-yilda Ozarbayjonda yashagan fransuz iezuiti Villot, Otashgohga qadimgi forslarning avlodi hind va gebrlar sigʻinadi deb yozadi.
1733-yilda ibodatxonaga kelgan nemis sayohatchisi Lerx bu yerda otashparastlardan 12 gebr yoki qadimgi forsiy bor deb yozgan.
1747-yilda Dj. Ganvey Bokuga keldi va Atashgyaxda bir necha yozuv qoldirdi. Atashgyaxda otashparast odamlarni „hindlar“, „forslar“ va „gebrlar“ deb atadi.
1770-yilda Atashgyaxga kelgan S.Gmelin Atashgyaxda hindlar va qadimgi gebrlar avlodi bor deb yozgan.
1820-yilda ibodatxonaga fransuz konsuli Jak Fransua Gamba keldi. Uning gapiga koʻra, ibodatxona Zartichigay deb atadi va u yerda qisman hindlar, fors gebrlar va Zoroastr avlodlari yashagan.
Ibodatxona qisman hindlar tomonidan ishlatilishiga qaramay, uning meʼmorchiligi hindlar ibodatxonasi meʼmorchiligidan farqlanadi: ibodatxona „chaxar-tag“ — dunyoning toʻrt tomoniga qaragan toʻrtta yarim aylana arkali qurilmadan iborat.
Otashparastlik ibodatxonalarini qurish chaxar-tag shaklida boʻlib sosoniylar uslubida qurilgan va imperiyaning gʻarbida tarqilgan. Bunday turdagi otashparastlik ibodatxonalari Anida (hozirda Turkiyaning Kars viloyatida), Niasar (Eronning Isfaxon shahrida) va boshqa viloyatlarida qurilgan.
Dj.Rasselning fikricha, Bokudagi ibodatxona hozirda majud boʻlgan qadamjo qurilishidan oldin Kavkazda zardushtiylar sigʻingan markaz boʻlgan.
Bagʻishlangan yozuvlar Ayrim hujralar kirish joyida qisqa bagʻishlangan yozuvlar bilan toshli ustunlar joylashgan. Bugungi kungacha 14 hind, 2 sikx va bitta forsiy (zardushtiy) yozuvlar saqlanib qolgan.
XX asr boshlarida ibodatxonaga kelgan Djekson 18 yozuv borligini takidlagan. Bu yozuvlardan eng qadimgisi Samvat 1770 (eramizdan avvalgi 1713-yil).
Bu yozuvlardan 14 tasi „B.A.Dornning Kakaz va Kaspiy dengizining janubiy qirgʻogʻida sayohat Atlasi“ da joylashgan (SPb., 1895, III boʻlim, 7 ll. Shuningdek qarang: B.A.Dorn. Kavkaz va Kaspiy dengizining janubiy qirgʻoqlarida sayohat boʻyicha ilmiy hisobot. VOAO ishlari, VIII, ottisk, 1861, 36 bet.). 1950-yilda Dj.M.Unvala bu yozuvlardan 16 rasm va ulardan 2 gurmukxi alifbosida va devanagari alifbosida ayrim yozuvlari va bitta forsiy tarjimali yozuvlari mavjud. Dj.M.Unvala uning oʻzi va bir qator mashhur sanskritologlar toʻliq deshifrovka qila olmagani sababli devangari yozuvlari tarjimasini bermagan.
Ayrim yozuvlarning oxirida sanalar koʻrsatilgan, bu XVIII—XIX asrlarda bajarilgan deb taxmin qilishga imkon beradi. Ayrim hindiy yozuvlar shikastlangan va ularni oʻqish qiyinchilik tugʻdiradi.
Hindiy yozuvlar Hindiy yozuvlar Hindustani va marvari dialektida tuzilgan va maxadjani alifbosining bir turi devanagri alifbosida yozilgan, uning unli harflari yozilmaydi va bu oʻqishni ancha qiyinlashtiradi.
Deyarli barcha hindiy yozuvlarda sanskritda kirish formulasi bor: ŠriGanešāyanamah „Ganesh (aql hudosi) ga sigʻinish“. Ayrim yozuvlarda shuningdek, buzilgan sanskritda sheʼr (shloka) hamda alohida iboralar uchraydi.
Markaziy mehrobda joylashgan svastikali Nagari shriftida yozilgan yozuv eʼtiborni tortadi. 300px|right|thumb|Otashgoh otashparastlik ibodatxonasining markaziy mehrobida hindiy yozuv Asl nusxasi
Transliteratsiya
Tarjimasi
1. Om, Ganeshga sigʻinish 2-3-4. Tinchlik! Hurmat qilinadigan shoh Vikramaditya davrida otashparastlik portali qurilgan. Sayohat qilgan asket Kanchangir darvishdir 5. Maxadevi Koteshvarlar, Ramadatlar shu yerda yashovchi. 6. 1866-yil asodjning qorongʻi qismining sakkizinchi kuni.
Izohlar
Ganesha — aql hudosi. Vikramaditya davri eramizdan avvalgi 58 yilga toʻgʻri keladi. Yozuv ohiridagi (6 qator) bu sana oʻsha davrni koʻrsatadi. Maxadeva bu — Shiva epiteti. Bu nomni yozuvda koʻrsatilishi, muallif (Kanchangir) — shiviatligini anglatadi. Asodja — hind kalendarining yettinchi oyi. Grigorian kalendarining sentabr oyi oxiri va oktabr oyi boshlariga toʻgʻri keladi. Vikramaditya erasining 1866-yili eramizning 1810-yiliga toʻgʻri keladi. Yozuvdagi til masalasida shuni taʼkidlash kerakki, faqatgina kirish soʻzlari: SriGanesayanamah toʻla maʼnodagi Sanskrit, yaʼni Sanskrit soʻzlaridan tashkil topgan hamda Sanskrit grammatikasi qoidalari boʻyicha yozilgan. Qolgan matn esa hindustanida yozilgan.
Sikx yozuvlari Ikkala yozuv ham panjobida gurmuki yozuvida yozilib, yetti qatordan iborat. Qatorlar bir — biridan gorizontal chiziqlar bilan ajratilgan. Yozuvlarda sikxlarning kundalik tilovatlaridan Djapudji — saxib kirish formulalariga ega.
1 Yozuv 300px|right|thumb|Otashgoh otashparastlik ibodatxonasi hujralaridan biriga kirishdagi birinchi six yozuvi Asl nusxa
Transliteratsiya
l. EkOangKaar. Satināmkartāpurakh(u) nirbhāo
2. nirvair Akal moorat(i) ajoonee
3. saibhanggurprasad || Vahugurujisahai
4. baba [Ta] gadasaBamgevaleka chela Mela
5. ramajisaka chela [karatarama] udasi ||
6. [Sa]va [laji] dharatna [ki] jagabanāigayi
7. dha " guru " vara „ buja“
Tarjimasi
EkOangKar. (Ismi) Haqiqat, qoʻrquvsiz odam ato, nafratsiz, oʻlim shaklisiz, naslsiz (va) oʻzi paydo boʻlgan Guru bizga rahm qilsin.
Guru yordami bilan bizga rahm qilsin!
Shogirdi Usasi (Karatarama) boʻlgan, Bamgada yashovchi baba (Ta) gadasi boʻlgan.
Djavaladji (deb nomlangan) (Bu) muqaddas joy ……………. Qurilgan
2 yozuv
Transliteratsiya
1. Omsafinamakaratapurakhanlrabhaii
2. niravaifra] akalamuratiajunisaibham
3. guraprasadi || japnadi [sa] chujugadisa—
4. chuhaibhisachunanakahosibhisachu || satiguru [pra?]—
5. sadibavaJadusahs [sukha] jisaka chela