Xo'jali qirgʻini ( — 1992-yil 25-fevraldan 26-fevralga oʻtar kechasi Armaniston qurolli kuchlari sobiq SSSRning 366 motooʻqchi polki ishtirokida Xo'jali shahrida ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash maqsadida uyushtirilgan qirgʻin. Armaniston otryadlari tomonidan Xo'jali bosib olinganidan soʻng, u yerda qolgan tinch aholi deportatsiya qilindi. Bu ishlar tashkillashtirilgan koʻrinishda amalga oshirilgan. Deportatsiya qilingan tinch aholi mulki Xonkandida saqlab qoʻyilgan. Bu NKR boshqaruvi tomonidan kerakli qaror mavjudligini yaqqol isbotlaydi. Xo'jali tinch aholisi shu jumladan ayollar va bolalarni asirga olinishi va ushlab qolinishi Xo'jalining butun tinch aholisini beminnat Ozarbayjonga qaytarishga tayyorligi haqidagi NKR boshqaruvining Deklaratsiyasiga zid kelardi. Asirlar oʻta qoniqarsiz sharoitlarda saqlangan, Xo'jali tinch aholisiga qarshi zoʻravonlik harakatlari amalga oshirilgan.
Xodjali aholisi qonunga xilof ravishda oʻz mulkidan mahrum qilingan, tinch aholi koʻchmas mulki Xonkandi va uning atrofida yashaydigan shaxslar tomonidan egallab olingan. NKR rahbariyati Xodjalidan ketgan yoki deportatsiya qilingan aholi mulkini egallab olinishini qonuniylashtirdi, shaxsiy uylarga egalik qilish uchun orderlar berilishi tashkil etildi. Xodjaliga bostirib kelishda sobiq SSSRning 366 motooʻqchi polki ishtirok etgan. „Memorial“ huquqlarni himoya qilish tashkiloti xulosasiga koʻra, harbiy motooʻqchi polkining harbiy operatsiyalarda hamda janglarda ishtirok etganligi, shuningdek, nizolashgan tomonlarning harbiy mulkini boshqa tomonga berilishi oʻrganib chiqilishi kerak.
Xodjali qirgʻini natijasida 613 tinch aholi yoʻq qilindi, ulardan 63 ta bolalar, 106 ayollar va 70 qariyalar edi, 8 oila toʻliq yakson qilindi, 25 bolalar ota va onasidan mahrum boʻldi, 130 bola esa ota yoki onasidan ayrildi. Dushman oʻqidan 487 odam yaralandi, ulardan 76 bolalar edi, 1275 kishi asrga olindi. Asrga oilnganlardan 150 kishi shu jumladan 68 ayol va 26 bolalar taqdiri hozirgacha nomaʼlum.
Xodjali qirgʻinini Ozarbayjonda asosan Ozarbayjon Milliy qahramoni Chingiz Mustafayev yoritgan. Harbiy jurnalistning qisqa xizmat davrida Xodjalida sodir etilgan oʻgʻrilik va vahshiliyklarni tasmaga tushirdi. Xodjali himoyasi davrida Ozarbayjonning yetti milliy qahramoni ishtirok etgan. Jangda Prezident tomonidan „Mardlik uchun“ medalini oʻlimidan soʻng berilgan Shoxrat Xasanov vafot etdi. Ozarbayjon milliy qahramoni Allahverdi Bagirov arman polkovnigi Vitaliy Balasanyan yordami bilan uch kun ichida 1003 Xodjali asrlarini ozod qildi.
Bugungi kunda Xodjali qirgʻinini tan olish — Ozarbayjon tashqi siyosatini asosiy yoʻnalishlaridan biridir. Bugungi kunda Xodjali qirgʻinini Ozarbayjondan tashqari Pokiston hamda Sudan tan olgan. Parlament darajasida fojeani Meksika, Kolumbiya, Chexiya, Bosniya va Gertsegovina, Jibuti, Peru, Gonduras, Panama, Iordaniya, Ruminiya va Shotlandiya tan olgan. AQSHning 22 shtati Xodjali qirgʻinini tan olish haqidagi hujjatni qabul qilgan.
Ozarbayjonda bu fojea „Xodjali qirgʻini“ deb ataladi. Dunyoning 6 mamlakatida Xodjali qirgʻiniga bagʻishlangan 9 yodgorlik qurilgan.
Zamin 1991-yilning oktabiridan Xodjali qamalda boʻlgan. 30 oktyabr kuni avtomobil yoʻllari toʻsib qoʻyildi va yagona harakatlanish vositasi vertoleyot boʻlib qoldi. 1992-yilning 28 yanvarida Xodjaliga soʻnggi vertolyot uchib keldi. Lekin Shusha osmonida vertolyot otib tushirilganidan soʻng va fojea natijasida 41 odam haloq boʻldi, natijada bu aloqa vositasi ham uzildi. 2 yanvardan shaharda elektroenergiya taʼminoti toʻsib qoʻyildi.
1992-yilning 2 yanvaridan boshlab Ayaz Mutalibov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti vazifalarini bajarishni davom ettirdi. Yangi tashkil topgan Armaniston Respublikasi separatistlar uchun ochiq Togʻli Qorabogʻni qurol-yaroq, yonilgʻi, mahsulot va boshqa moddiy texnik taʼminot bilan taʼminlaganini rasmiy ravishda inkor etdi. Lekin Levon Ter-Petrosyan keyinchalik separatistlarga texnika va pul bilan taʼminlaganini tan olgan boʻlsa ham, oʻz odamlarini jangga yuborganini inkor qildi. Armanistonga Ozarbayjon blokadasi hamda Ozarbayjon qoʻshnisi Turkiya tomonidan bosim uyushtirildi. Fevralning boshida Ozarbayjonning Malibeyli, Garadagli hamda Agdaban qishloqlarini armanilar bosib oldi, u yerdagi aholi esa koʻchirildi, natijada 140 kishi jarohat oldi, 99 kishi vafot etdi.
Armanistonni Qorabogʻ bilan quruqlikdagi faqat bitta aloqa vositasi boʻlgan, bu vertolyot orqali Lachin darasidir. Xodjali Xankendidan 7 kilometr masofada, tahminan 6,000-10,000 aholisi boʻlgan, aeroprtga ega yagona shahardir. Bundan tashqari Grad raketa artileriyasi uchun baza hisoblanadi. Xankendida armanilar yashagan baland binolarga 400 Grad raketalari otilgan. Fevral oxirida armani qurolli kuchlari kelayotgan hujum haqida maʼlum qildilar va Xodjalida otishmani toʻxtatish uchun Ozarbayjonga shart qoʻydilar.
Xodjali ishgʻoli (bosqin) thumb|Xodjali shahri 1992-yilda 25 fevraldan 26 fevralga oʻtar kechasi Armaniston qurolli kuchlari 366 motooʻqchi polki ishtirokida Ozarbayjonning Xodjali shahriga hujum qilishdi va u yerda yashaydigan etnik ozarbayjonlarni vahshiylarcha oʻldira boshlashdi. Xodjaliga hujum uch yoʻnalishdan olib borildi, shu sababli aholi Kardar daryosi tomoniga toʻgʻri oʻrmonlarga qochishga majbur boʻldi. Oʻrmonda kuchdan qolgan va charchagan aholining katta qismi arman qurolli kuchlari tomonidan oʻta vahshiylik bilan oʻldirildi.
„Memorial“ inson huquqlarini himoya qilish markazining xulosasida 1992-yilning 25 fevralidan 26 fevraliga oʻtar kechasi Xodjalida inson huquqlarini ommaviy ravishda buzilishi va okkupatsiyadan oldin u yerda 2-4 ming kishi shaharning bir necha yuz himoyachilar bilan yashaganligi taʼkidlangan. Xodjalini himoya kuchlari, Ozarbayjon Ichki Ishlar Vazirligi politsiyasi hamda Ozarbayjon Milliy armiyasi askarlari himoya qilgan.
Ikkala tomonning maʼlumotlariga koʻra, shaharda uch turdagi bronitexnika shuningdek, „Alazan“ raketalari boʻlgan. Xodjalini ishgʻol qilishda ishtirok etgan shaxslar hamda Togʻli Qorabogʻning „mansabdor shaxslari“ ikki turdagi „Grad“ reaktiv tizimlar mavjudligini taʼkidlashgan.
Bosqin (ishgʻol) ishtirokchilari „Memorial“ kuzatuvchilari hujum qilishga aynan kim buyruq berganini hamda bu qilmishlar uchun kim javobgarligi haqida maʼlumot topa olmadilar. Lekin, Togʻli Qorabogʻdagi holat haqidagi arizani asos qilib olgan hamda Xodjalini bosib olish operatsiyasini rejalashtirib amalga oshirgan NKR boshqaruvi buning uchun javobgar degan xulosa qilsa boʻladi.
366 motooʻqchi polki oʻrni Barcha qochoqlarning guvohligiga koʻra, shahar hujumida 366 motooʻqchi polki harbiylari ishtirok etgan, ayrimlari esa hatto shahar ichiga ham kirishdi. Aholi qarshiligiga uchragan harbiy komanda tarkibining bir qismi erkin chiqish yoʻllarini taʼminlab bera olmadi. Shu maqsadda Gyandjda joylashgan desant diviziyasi jalb qilindi. Lekin bu kuchlarning kelgunicha, tarkibi asosan qirgʻinda ishtirok etgan harbiy armanilardan tashkil topgan bu diviziyadan 103 kishi harbiy buyruqqa boʻysunmay Xodjalida qoldilar. Polk boshqaruvi hamda polkni chiqib ketishi uchun javobgar shaxslarning jinoiy kelishuvi natijasida harbiy texnikaning bir qismi, shu jumladan bronlangan texnika armanilarga berib yuborildi.
Maʼlumotlarga koʻra, armanilarga berib yuborilgan 366 polkning harbiy mashinalari shahar hujumida ishtirok etgan, ular oʻq ochishdi lekin shaharga kirmadi. Harbiy xizmatchilarning armanilar tomonida operatsiyada ishtirok etishi uchun polkning boshqaruvi yozma buyruq bergan.
Bosqinni kechishi thumb|Xodjali qochoqlari poyezdda, Agdam 1992-yil 25 fevral kuni soat 23:00 boshlab Xodjali zambarakdan oʻqqa tutilgan. Birinchi navbatda yashash joylaridagi kazarmalar hamda himoya nuqtalari vayron qilindi. Piyoda otryadlari shaharga 26 fevral kuni 01:00-04:00 orasida kirib kelishdi. Armaniston qurollangan uyushmalar aʼzolarining taʼkidlashicha, Xodjali Gornizoning harbiy mudofasi tez orada yakson qilindi. Xodjalidagi vayronalar artileriya hujumi boʻlganini isbotladi, ular vaqtincha koʻcha urushi natijalariga oʻxshamasdi. Soʻnggi mudofa nuqtasi soat 07:00 da yoʻq qilindi. Bosqindan soʻng darhol aholining bir qismi Agdam tomonga qolgani esa Xodjaliga yoʻl oldi. Shahardan chiqib ketayotgan ayrim guruhlar orasida shahar gornizoni harbiylari ham boʻlgan.
Aholi shaharni ikki yoʻnalishda tark etdi. Shaharning sharqiy qismidan daryo boʻylab shimoli — sharqiy yoʻnalishga, Askeranni chap tomonda qoldirgan holda (aynan shu yoʻlni Armanistonning mansabdor shaxslari „erkin koridor“ deb atashadi) Askeranning oʻng tomonidan qoldirib, shaharning shimoliy tomonidan shimoli — sharqiy yoʻnalishiga (maʼlum boʻlishicha bu yoʻldan kam sonli qochoqlar oʻtgan). Shunday qilib, tinch aholining katta qismi Xodjalini tark etdi, tahminan 200-300 kishi yertoʻlalarda berkinib shaharda qolishdi. Ishgʻol vaqtida bombardimon natijasida sanoqsiz koʻp odam oʻldirilgan. Arman tomoni tajribaga ega boʻla turib, oʻlganlar soni haqida maʼlumot berishdan bosh tortdi. (26 fevral kuni „Golfstrim“ uyushmasining televizion muhbiri Burganskiyning xabar qilishicha, aholining koʻpchiligi mudofa gornizoni boʻlinmalarining minomyot oʻqi bilan yakson qilindi, lekin Burganskiy xabaridagi hujumga aloqador ayrim maʼlumotlar boshqa manbalardan olingan maʼlumotga toʻgʻri kelmaydi va bu bilan shubha tugʻdiradi.
Armaniston manbalariga koʻra hujum tomonidan yoʻqotishlar 10-12 kishini tashkil etgan.
Aholini olib chiqish uchun „Boʻsh koridor“ thumb|left|1992-yilda Agdamda Xodjali qirgʻiniga bagʻishlangan Shaxsey — vaxsey Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Xodjalidan tinch aholini olib chiqish uchun „NKR“ shaharning sharqiy tomonidan va Agdam tomonga daryo boʻylab shimoli — sharqiy yoʻnalishda, chap tomondan Askeranni aylanib oʻtib „boʻsh koridor“ tashkil etildi. Kengligi 100-200 boʻlgan bu „koridor“ ayrim joylarda 300 metrga yetdi. „Koridor“ hududida joylashgan arman qurolli birlashma aʼzolari hamda qurolsiz birlashma aʼzolari „koridor“ dan oʻtayotgan tinch aholi va qurolsiz guruhlarga oʻt ochmaslikka vaʼda berishdi.
Rasmiy maʼlumot va hujum ishtirokchilari xabarlariga koʻra, ishgʻol qilishdan avval Xodjali aholisi bronlangan harbiy moshinalardagi balandlatish vositasi yordamida bunday „koridor“ mavjudligi haqida xabardor qilindi. Lekin bunday maʼlumot berayotgan shaxslar aholining koʻpchiligi ovozning pastligi sababli bu ogohlantirishni eshitmaganligi mumkinligini taʼkidlashdi.
NKR rahbariyati bu bilan shuni tasdiqladiki, ishgʻoldan bir necha kun oldin, vertolyotdan „boʻsh koridor“ dan foydalanish haqidagi varaqalar otilgan. Lekin buni tasdiqlash uchun „Memorial“ kuzatuvchilariga bu varaqalarning hatto bir nusxasini ham koʻrsata olishmadi. Soʻrov qilingan Xodjali qochoqlari bunday maʼlumot haqida eshitmagan edi.
„Memorial“ kuzatuvchilari Xodjali ishgʻoli vaqtida qochgan 60 yaqin kishini Boku va Agdamda soʻroq qilishdi. Soʻroq qilinganlardan faqat bittasigina „boʻsh koridor“ haqida xabar eshitganini aytdi (bu haqida Xodjali gornizonining askari maʼlum qildi). „Memorial“ kuzatuvchilari Xankendi markazida deputat Paruyr Xayrikyan bilan soʻrov oʻtkazishdi (suhbat Armaniston televideniyesi operatori tomonidan yozib olingan) asrga olingan Xodjali aholisi „Boʻsh koridor“ haqida hech narsa eshitmaganini aytishdi.
Hujmdan bir necha kun avval, armaniston tomoni vakillari radio aloqasidan foydalanib muassasalarni bir necha bor rejalashtirilgan hujum haqida xabardor qilishdi va aholini shahardan darhol olib chiqishni taklif qilishgan. Bu xabar olinib Bokuga yuborilgan hamda „Boku ishchisi“ gazetasida tasdiqlangan. Korridorning mavjudligi haqida „Russkaya misl“ gazetasining 03.04.1992-yilgi sonida ham yozilgan, shuningdek, bu haqida Xodjali ijroiya qoʻmitasi boshligʻi Elman Mamedov ham shunday yozgan:
Qirgʻin
Shaharni tark etgan aholi taqdiri