Alisher Kayumovich Shadmanov () — Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (2020-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (2017—2020). Tibbiyot fanlari doktori, professor.

Hayoti 1962-yil 10-mayda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan.

1979—1985-yillarda Andijon tibbiyot instituti talabasi.

1985—1987-yillarda Andijon tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinatori.

1987—1990-yillarda Moskva malaka oshirish instituti urologiya kafedrasi aspiranti.

1990—1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, davolash fakulteti dekani oʻrinbosari.

1993—1996-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori.

1996—2000-yillarda Andijon shahar Sogʻliqni saqlash boʻlimi mudiri.

2000—2004-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori.

2004—2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani.

2009—2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori.

2010—2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.

2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati.

2017-yil 21-fevraldan 2020-yil 2-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.

2019-yil 20-maydan shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti assambleyasi vitse-prezidentihttps://m.kun.uz/news/2019/05/20/alisher-shodmonov-jahon-sogliqni-saqlash-assambleyasining-vitse-prezidenti-etib-saylandi.

2020-yil 2-noyabrdan 2023-yil 7-avgustgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi rektorihttp://www.centrasia.org/newsA.php?st=1487710860 http://anhor.uz/news/novim-ministrom-zdravoohraneniya-uzbekistana-naznachen-alisher-shadmanovhttps://www.gazeta.uz/ru/2017/02/21/minzdrav/.

2023-yil 7-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosariAlisher Shodmonov vazirning birinchi oʻrinbosari boʻlib qaytdi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Adolat sotsial-demokratik partiyasi aʼzolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar