Talha ibn Ubaydulloh ibn Usmon ibn Amr ibn Kaʻb al Quroyshiy (595-656) — Islom payg’ambari Muhammadning ilk safdoshlaridan biri. Jannat hushxabari berilgan sahobalardanhttp://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/talha-b-ubaydallah-COM_24765.
Biografiyasi Arablarning Quraysh qabilasidagi Toim ibn Murra sulolasidan kelib chiqqanhttp://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-1/talha-SIM_5643. Abu Bakr Siddiqning qarindoshi hisoblanadi. Abu Bakrning va do’stlarining tavsiyasi bilan Islomni qabul qilgan. Uhud jangida Muhammadni himoya qilgan va Jannat bashoratini olgan. Muhammadning o’limidan so’ng xalifalikka Abu Bakr nomzodiga ovoz bergan. Xalifa Usmon ibn Affonning o’limidan ko’p o’tmay, Tuya jangida halok bo’lgan. O’g’li Muhammad ibn Talha ham shu jangda o’lgan. Yana bir o’g’li Muso ibn Talha esa uning merosiga ega bo’lgan. Qizi Oysha binti Talha esa, arablarning nufuzli ayollaridan biri edi.
Manbalar
Turkum:Sahobalar Turkum:Sahoba hadis roviylari Turkum:Janglarda halok boʻlgan sahobalar Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:Birinchi fitnada ishtirok etgan kishilar Turkum:Shahid boʻlgan sahobalar