„Gravity Falls“ () — Disney Channel va Disney XD telekanallari uchun Alex Hirsch tomonidan yaratilgan animatsion teleserial. 2012-yilning 15-iyunidan 2016-yilning 15-fevraliga qadar efirga uzatilgan. Serial yozgi taʼtilni Stan (Hirsch ovoz bergan) amakisinikida oʻtkazayotgan Dipper Pines (Jason Ritter ovoz bergan) va uning egizi Mabelning (Kristen Schaal ovoz bergan) boshdan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Voqealar Oregon shtatidagi Gravity Falls nomli xayoliy shaharchada boʻlib oʻtadi.

20122016-yillar davomida serial 2 mavsumga boʻlinib, jami 40 ta qism tayyorlangan. Oxirgi qism — „Weirdmageddon 3: Take Back The Falls“ 2016-yilning 15-iyunida efirga uzatilgan,

„Gravity Falls“ tanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. Ikki marta „Emmy“, uch marta „Annie“ va bir marta „BAFTA“ mukofotlari bilan taqdirlangan.

Qahramonlar Bosh qahramonlar Dipper Pines (Jason Ritter) — 12 yashar bola, Mabel Pinesning egizi. Mabel Pines (Kristen Schaal) — 12 yashar qiz, Dipper Pinesning egizi. Stanley „Stan“ Pines (shuningdek, „Grunkle Stan“) (Alex Hirsch) — ochkoʻz va vaysaqi qariya, Dipper va Mabel Pinesning amakisi. Soos Ramirez (Alex Hirsch) — „Mystery Shack“da ishlaydigan 22 yoshli usta. Wendy Corduroy (Linda Cardellini) — „Mystery Shack“da ishlaydigan qiz. Dipper uni yoqtiradi. Stanford Pines (J. K. Simmons) — Stanning olti barmoqli egizi. Bill Cipher (Alex Hirsch) — oʻlchamlararo demon, serialning bosh antagonisti. Tanasi sariq tusli uchburchakdan iborat boʻlib, bir koʻzi bor.

Manbalar

Havolalar (inglizcha)

Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:Animatsion teleseriallar Turkum:Disney Channel dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:2010-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar animatsion teleseriallari