Muzlik davri 3: Dinozavrlar asri () – 2009-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh kompyuterli animatsion filmi; Muzlik davri franshizasidagi uchinchi film. Blue Sky Studios studiyasi tomonidan ishlangan, 20th Century Fox kinokompaniyasi tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Carlos Saldanha rejissyorlik qilgan. Film bosh qahramonlariga Ray Romano, John Leguizamo, Denis Leary, Chris Wedge, Seann William Scott, Josh Peck, Queen Latifah va Simon Pegg ovoz bergan.
Syujeti Manny Ellie va tugʻilajak bolasi benuqson va xavfsiz hayotda yashashlari uchun astoydil harakat qiladi. Biroq, uning xatti-harakatlari oxir-oqibat oʻzini oila uchun moʻljallanmagandek his etayotgan Diego hamda oʻz oilasiga ega boʻlishni judayam xohlovchi Sid bilan munosabatlari buzilishiga sabab boʻladi. Sid tasodifan uch dinozavr tuxumiga duch kelib, ularni oʻzi bilan olib ketadi. Tuxumdan dinozavrchalar ochib chiqqanda, Sid ularni asrab oladi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, ona dinozavr paydo boʻlib, Sid va dinozavrchalarni yer ostiga olib ketadi. Manny, Ellie, Diego, Crash va Eddiedan iborat jamoa Sidni qutqarish uchun ona dinozavr ortidan ergashadi va yer osti changalzori tomon xavfli sayohatga yoʻl oladi. Dinozavrlar makoni boʻlmish mazkur changalzorda jamoa Buck ismli bir koʻzli latcha bilan tanishadi. Buck ularga changalzordagi xatarlarni yengishga va Rudy laqabli barioniksga qarshi turishda yordamlashadi. Qiyinchiliklarga qaramay, jamoa Sidni qutqarishga muvaffaq boʻladi. Ellie kichkintoy mamontni dunyoga keltiradi. Unga „Shaftoli“ deb ism qoʻyishadi. Pirovardida jamoa dinozavr doʻstlarini bilan xayrlashib, uyga eson-omon qaytadi.
Ovoz berganlar Ray Romano – Manny (mamont) John Leguizamo – Sid (yalqov) Denis Leary – Diego (qilich tishli yoʻlbars) Simon Pegg – Buck (latcha) Queen Latifah – Ellie (mamont) Seann William Scott – Crash (opossum) Josh Peck – Eddie (opossum) Tara Strong – Shaftoli (mamont) Chris Wedge – Scrat (olmaxon) Karen Disher – Scratte (olmaxon) Frank Welker – Ona dinozavr va Rudy Bill Hader – Gazelle Carlos Saldanha – dinozavrchalar Eunice Cho – Madison
Manbalar
Havolalar
Turkum:2009-yil filmlari Turkum:2009-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:Blue Sky Studios filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:2009-yil 3D-filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari