„Thor: The Dark World“ () — 2013-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi sakkizinchi film; „Thor“ (2011) filmining davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli personajga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Alan Taylor rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Chris Hemsworth, Natalie Portman, Tom Hiddleston, Stellan Skarsgård, Idris Elba, Christopher Eccleston, Adewale Akinnuoye-Agbaje, Kat Dennings, Ray Stevenson, Zachary Levi, Tadanobu Asano, Jaimie Alexander, Rene Russo va Anthony Hopkins ijro etgan.
Filmning jahon premyerasi 2013-yilning 22-oktyabrida London shahrida boʻlib oʻtgan. Prokatlarda umumjahon boʻylab $644 million mablagʻ toʻplab, 2013-yilning oʻninchi eng kassabop filmiga aylangan.
Rollarda Chris Hemsworth — Thor Natalie Portman — Jane Foster Tom Hiddleston — Loki Stellan Skarsgård — Erik Selvig Idris Elba — Heimdall Christopher Eccleston — Malekith Adewale Akinnuoye-Agbaje — Algrim / Kurse Kat Dennings — Darcy Lewis Ray Stevenson — Volstagg Zachary Levi — Fandral Tadanobu Asano — Hogun Jaimie Alexander — Sif Rene Russo — Frigga Anthony Hopkins — Odin
Manbalar
Havolalar
Turkum:2013-yil filmlari Turkum:2013-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:Fantastik filmlar Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Thor (filmlar seriyasi) Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Alan Taylor filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar