„Captain Marvel“ (oʻzbekcha manbalarda „Kapitan Marvel“ oʻlaroq maʼlum) — 2019-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi. „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma birinchi kinokartina. Marvel Comics komikslaridagi Carol Danvers / Kapitan Marvel personajiga asoslangan. Marvel Studios kinostudiyasi tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anna Boden va Ryan Fleck rejissyorlik qilgan. Bosh rollarni Brie Larson, Samuel L. Jackson, Ben Mendelsohn, Djimon Hounsou, Lee Pace, Lashana Lynch, Gemma Chan, Annette Bening, Clark Gregg va Jude Law ijro etgan.
Film premyerasi 2019-yilning 27-fevralida Londonda boʻlib oʻtgan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $1,1milliard mablagʻ toʻplab, oʻsha vaqtda tarixdagi yigirma uchinchi eng kassabop filmga, 2019-yilning esa beshinchi eng kassabop filmiga aylangan. Filmning davomi — „The Marvels“ 2023-yilning 10-noyabrida chiqarilgan.
Rollarda Brie Larson — Carol Danvers / Vers / Kapitan Marvel Samuel L. Jackson — Nick Fury Ben Mendelsohn — Talos Djimon Hounsou — Korath Lee Pace — Ronan Lashana Lynch — Maria Rambeau Gemma Chan — Minn-Erva Annette Bening — Mar-Vell / Doktor Wendy Lawson Clark Gregg — Phil Coulson Jude Law — Yon-Rogg
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:2019-yil filmlari Turkum:Marvel kinematografiya koinoti filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:2019-yil 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar