„Ipak yoʻli“ turizm va madiny meros xalqaro universiteti – Xalqaro turizm sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlari va ijodiy ishlarni olib borish boʻyicha tashabbuslarni amaliy roʻyobga chiqarish, Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning tarixiy, madaniy-gumanitar aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasi.
Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2018-yil 28-iyunda tashkil topgan.Prezidentning 2021-yil 30-oktabrdagi qaroriga muvofiq „Ipak yoʻli“ turizm xalqaro universiteti „Ipak yoʻli“ turizm va madaniy meros xalqaro universiteti etib qayta nomlandi.
Faoliyatining asosiy yoʻnalishlari turizm sohasida yuqori malakali professional kadrlarni milliy va xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlashni taʼminlash;
taʼlimning tegishli yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv-metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish, turizm sohasida taʼlim tizimiga xorijiy taʼlim muassasalari tajribasini joriy qilish;
turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
istiqbolli yosh bitiruvchilarni chet el oliy taʼlim muassasalariga va ilmiy-tadqiqot markazlariga magistratura hamda doktoranturada oʻqishga muntazam ravishda yuborish;
taʼlim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan uzviy integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasi subyektlari mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
turistik faoliyatni va turizm sohasida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini amalga oshirish;
respublika va xorijiy taʼlim muassasalari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni, ularning mutaxassis hamda ekspertlarini oʻqitish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish jarayonlariga jalb qilish orqali rivojlantirish, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish.
Maqomi Universitet oliy taʼlim muassasasi – yuridik shaxs shaklidagi Oʻzbekiston rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha tasarrufidagi pul mablagʻlari va mol-mulk bilan javob beradi. Universitetda oʻquv-metodik rahbarlik va taʼlim jarayonini yuritish ilgʻor innovatsion hamda ilmiy-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan taʼminlanadi. Universitet Turizm va madaniy meros vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi. Turizm va madaniy meros vaziri ayni vaqtda universitetning bosh menejeri hisoblanadi. Universitet rektori universitet professor-oʻqituvchilarining tarkibi toʻliq shakllantirilgunga qadar universitetning vasiylik kengashi tomonidan saylanadi, keyinchalik esa universitet ustavida belgilanadigan tartibda professor-oʻqituvchilar tarkibi tomonidan yopiq ovoz berish orqali saylanadi. Universitetda xalqaro turizm sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi qoʻllanadi. Universitetda oʻqish oʻzbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi, bakalavriatda Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim standartlari talablarini hisobga olgan holda ikkita chet tili: birinchisi – ingliz (fransuz, nemis) tili, ikkinchisi – Shanxay hamkorlik tashkilotining rasmiy tillaridan (rus, xitoy) biri oʻqitiladi. Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat deb eʼtirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Qabul Universitetga abituriyentlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi hamda universitetning onlayn qabul qilish tizimi tomonidan belgilangan tartibda yiliga 2 marotaba amalga oshiriladi. Abituriyentlarni universitet bakalavriatiga qabul qilish test sinovlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. Chet el fuqarolari universitet bakalavriatiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari suhbat oʻtkazish orqali toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Universitetga talabalarni bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qabul qilish kvotalari soni turizm sohasida mehnat resurslariga boʻlgan talab prognozidan va Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning maqsadli buyurtmalaridan kelib chiqqan holda, Universitetning Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Ilgʻor, eʼtirof etilgan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, SAT General, SAT Subject va boshqalar) sertifikatlariga ega boʻlgan abituriyentlarga tegishli fanlardan belgilangan tartibda eng yuqori ball beriladi va kelgusida ular ushbu fanlar boʻyicha test sinovlaridan ozod qilinadi.
Taʼlim yoʻnalishlari
Kunduzgi # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160212200Madaniy meros obyektlarini asrash260220400Arxeologiya360411200Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)460411700Logistika (turizm logistikasi)561010500Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili661010400Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
Masofaviy # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi160410800Menejment261010100Turizm va mehmondoʻstlik
Magistratura mutaxassisliklari # Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi170211004Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy ob’yektlarni konservatsiya qilish, taʼmirlash va saqlash270220401Arxeologiya370411201Menejment (madaniy, tabiiy va aralash merosni boshqarish)470411701Logistika (turizm)571010401Turizm (faoliyat turlari boʻyicha)671010402Ijodiy sanoat Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Samarqand