Janob Peabody va Shermanning sarguzashtlari (inglizcha: Mr. Peabody & Sherman) 2014-yilda ekranlarga chiqarilgan ilmiy fantastika va komediya janrlaridagi 3D kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan, 20th Century Fox tomonidan esa tarqatilgan. Multfilm gʻoyasi The Adventures of Rocky and Bullwinkle and Friends multserialidagi „Peabody's Improbable History“ nomli segmentidagi qahramonlarga asoslangan. Syujeti Janob Peabody — Nyu-York shahrida yashovchi aqlli shaxslashtirilgan it. U oʻzi yaratgan WABAC nomli mashina yordamida asrab olgan oʻgʻli — Sherman bilan birga oʻtmishga sayohat qilib, oʻtmishda sodir boʻlgan ahamiyatli hodisalarning guvohi boʻladi. Biroq, Sherman vaqt boʻylab sayohatning muayyan qoidalarini buzganida, ushbu ikki qahramon kelajakni saqlab qolish uchun mashaqqatli sarguzashtga otlanishadi.

Ovoz berganlar Ty Burrell — Hector J. Peabody Max Charles — Sherman Ariel Winter — Penny Peterson Stephen Colbert — Paul Peterson Leslie Mann — Patty Peterson Allison Janney — Edwina Grunion Stephen Tobolowsky — Principal Purdy Stanley Tucci — Leonardo da Vinci Adam Alexi-Malle — fransuz dehqon Patrick Warburton — qirol Agamemnon Zach Callison — qirol Tut Steve Valentine — Ay Dennis Haysbert — hakam Leila Birch — WABAC Karan Brar — Mason Joshua Rush — Carl Thomas Lennon — italyan dehqon #2

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:2014-yil filmlari Turkum:2014-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:DreamWorks Pictures filmlari Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Kompyuterli animatsion filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:Hayvonlar haqidagi animatsion filmlar Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:2014-yil 3D-filmlari Turkum:Rob Minkoff filmlari Turkum:2014-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar