Yunusov Xudaynazar Beknazarovich (1958-yil, Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanida tavallud topgan) - SamVTI rektori.
Biografiyasi 1985 yilda N.K Krupskaya nomidagi Moskva viloyati davlat universitetini “Biologiya va kimyo fanlari o’qituvchisi” mutaxassisligini, 1991 yilda K.E Sialkovskiy nomidagi Moskva aviatsiya texnologiyalari institutini “Kompozit materiallar bo’yicha muhandis - texnolog” mutaxassisligini tamomlagan. 1985-1991 yy. - V.I.Lenin nomidagi Moskva politexnika instituti o’quv tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari, kimyo fani o’qituvchisi 1992-1994 yy. - “Trexgornaya manufaktura” to’qimachilik kimyosi mutaxassisi va AOJ texnik direktor yordamchisi 1994-2000 yy. - “Zamira” va “PARUS-L” savdo-sanoat korxonalari bosh direktori (suvni tozalash, suvni bartaraf etish) 2001-2003 yy. - D.I.Mendelev nomidagi Kimyo - texnologiya universiteti aspiranti va Moskva davlat universitetining “Ekologiya asoslari” kafedrasi laboranti 2004-2012 yy. - Moskva viloyati davlat universitetining “Ekologiya asoslari” kafedrasi professori. (O’rindoshlik asosida K.I.Skryabin nomli veterinariya medisina akademiyasi, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti va Moskva davlat injener ekologiya universitetida professori) 2004-2012 yy - Moskva viloyati davlat universiteti “Biologiya va kimyo” fakulteti dekani, “Umumiy biologiya va biokimyo” kafedrasi dosenti 2012-2018 yy. - K.A.Timiryazev nomli Moskva qishloq xo’jalik akademiyasi doktoranti 2018 y. h.v. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori.Biologiya fanlari doktori, professor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasining akademigi, "Biologiya, kimyo va ekologiya o'qituvchilari" Moskva oblasti pedagoglari assotsiatsiyasi prezidenti.
Manbalar
Turkum:Kimyogarlar