() superqahramonlar haqidagi AQSh teleserialidir. Serial Laeta Kalogridis tomonidan The WB telekanali uchun yaratilgan.

Rollarda Asosiy personajlar Helena Kyle / Huntress (Ashley Scott) Batman va mushuk ayolning qizi. Onasidan mushuk qobiliyatlarini meros qilib olgan meta-inson. Qobiliyatlari: chaqqonlik, kuch, jarohatlar tezda tuzalishi, xavf-xatarni oldindan sezish va tunda yaxshi koʻrish. U onasining qoʻlida katta boʻlgan. Otasining kimligini hatto bilmagan ham. Onasi Joker tomonidan yollangan qotil Clayface tomonidan oʻldirilgan. Onasining oʻldirilishidan keyin uni Barbara Gordon ulgʻaytirdi. Barbara Gordon / Batgirl / Oracle (Dina Meyer) Batmanning shogirdlaridan biri va uning sodiq ittifoqchisi komissar James Gordonning qizi. Dinah Redmond (Rachel Skarsten) Carolyn Lance / Black Canaryning qizi. Detektiv Jesse Reese (Shemar Moore) Halol politsiya detektivi. Antiqa oʻz joniga qasd qilish holatlari boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazayotganda Huntress bilan uchrashadi. Dr. Harleen Quinzel / Harley Quinn (Mia Sara) Helenaning psixiatri. Alfred Pennyworth (Ian Abercrombie) Waynelar oilasiga sodiq xizmatkor.

Yana qarang Birds of Prey (film)

Manbalar

Havolalar Rasmiy sayti

Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:The WB dasturlari