Nuriddin Ismoilov — Taniqli oʻzbek detektiv yozuvchisi va jamoat arbobi.

Biografiya 1969-yili 20-yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi Avliyotepa qishlogʻida tugʻilgan. 1991-1997 yillarda Toshkent universitetining (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1997-2000 yillarda Hurriyat gazetasida muxbir, mas’ul kotib. 1998-1999 yillarda „PressTIJ“ qoshidagi „Biznes-Osiyo“ jurnalida muxbirlik qilgan. 2000-2001 yillarda „Mohiyat“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 2001 yilda „Hordiq plyus“ gazetasiga asos soldi.Nuriddin Ismoilov

Ijodi „Odamlar orasidagi odamlar“ deb nomlangan hikoyalar toʻplami, „Oʻlimga mahkum qilinganlar“, „Milliarderga qoʻyilgan tuzoq“, „Burgut togʻda ulgʻayadi“ (1-, 2-kitoblar), „Jaholat qurbonlari“, „Omonat gʻor siri“, „Iblis saltanati“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Baxtning olis manzili“, „Mafiya sardori“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Shahzoda“ nomli sarguzasht-detektiv romanlari kitob holida chop etilgan. Nuriddin Ismoilov kitoblari haqida

Nashr etilgan asarlari „Oʻlimga mahkum qilinganlar“, „Milliarderga qoʻyilgan tuzoq“, „Burgut togʻda ulgʻayadi“ (1-, 2-kitoblar), „Jaholat qurbonlari“, „Omonat gʻor siri“, „Iblis saltanati“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Baxtning olis manzili“, „Mafiya sardori“ (1-, 2-, 3-kitoblar), „Shahzoda“Nuriddin Ismoilov

Manbalar

Havolalar Adibning telegram bot manzili Telegramda Adib asos solgan sayt Rasmiy sayt

Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar