Jean-Pierre Serre () (1926-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – fransiyalik matematik. Serre algebraik topologiya, algebraik geometriya hamda algebraik sonlar nazariyasi sohalariga hissa qoʻshgan. Olim 1954-yil 28 yoshida Fields medali bilan taqdirlangan. Serre Fields medali, Wolf mukofoti hamda Abel mukofotihttps://www.science.org/content/article/serre-wins-inaugural-math-prize bilan taqdirlangan besh matematikning biridir (Pierre Deligne, John Milnor, John Thompson hamda Grigoriy Margulis bilan bir qatorda).

Serre 1948-yil Parisdagi Oliy normal maktabni tamomlaganJ J O'Connor and E F Robertson Serre Biography http://www-history.mcs.st-andrews.ac.uk/Biographies/Serre.html. 1951-yil Paris universitetidan PhD darajasini olgan. 1956-yildan 1994-yil nafaqaga chiqqunicha Collège de Franceda ishlagan.

Serre bir necha xorijiy fanlar akademiyalarning aʼzosidir. Xususan, olim Fransiya fanlar akademiyasi, AQSh fanlar akademiyasi, Shvetsiya fanlar akademiyasi, Rossiya fanlar akademiyasi, Qirolli jamiyat hamda Niderlandiya qirolli fan va sanʼat akademiyasi aʼzosidir. Shuningdek, olim bir necha xorij universitetlaridan, jumladan, Cambridge, Oxford, Harvard universitetlaridan faxriy darajalarni olgan. 2012-yilda esa Amerika matematika jamiyati aʼzosi etib tayinlangan.

Manbalar

Havolalar https://www.britannica.com/biography/Jean-Pierre-Serre Jean-Pierre Serre, Collège de France, biography and publications Jean-Pierre Serre at the Fransiya fanlar akademiyasi, Fransiya Interview with Jean-Pierre Serre in Notices of the American Mathematical Society An Interview with Jean-Pierre Serre by C.T. Chong and Y.K. Leong, National University of Singapore How to write mathematics badly a public lecture by Jean-Pierre Serre on writing mathematics Biographical page (in French)

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Abel mukofoti sovrindorlari Turkum:Fields medali sovrindorlari Turkum:Fransiya kolleji akademik xodimlari