Boeing 717 – Boeing samolyot kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan reaktiv yoʻlovchi samolyot. Boeing 717 samolyotining birinchi parvozi 1998-yil 2-sentabrda amalga oshirilgan. 1999-yil 12-oktabrdan beri parvoz etgan. Boeing 717 1995-yildan 2006-yil 23-maygacha ishlab chiqarilgan va bu vaqt davomida 156 samolyot qurilgan.

Boeing 717, ikki dvigatelli reaktiv samolyot. McDonnell Duglas tomonidan ishlab chiqilgan samolyot kompaniya Boeing tomonidan sotib olinganidan keyin Boeing 717 sifatida ishga tushirildi. Birinchi buyurtma 1995-yilda olingan va birinchi yetkazib berish 1999-yil sentyabr oyida amalga oshirilgan. Boeing 2006-yil may oyida 717 ishlab chiqarishni tugatgan.

Birinchi 717 AirTran Airwaysga 1999-yil sentyabr oyida, oxirgisi esa 2006-yil may oyida yetkazilgan.

MD-80 seriyali samolyotlar 1980-yillarda paydo boʻla boshlagan. Ular DC-9 seriyasining ikkinchi bosqichi edi va juda kuchli dvigatellari va qanotlari tuzilishiga ega edi. 1980-1999–yillarda bozorga 1191 dona MD-80 seriyali samolyotlar chiqarildi.

MD-90 MD-80 dan ishlab chiqilgan. Uning qurilishi 1989-yilda boshlangan va 1993-yilda birinchi parvozini amalga oshirgan. MD-90 uzunroq va kuchliroq, jim, tejamkor IAE V2500 dvigatellariga ega edi. Biroq, faqat 116 dona sotilishi mumkin edi.

MD-95 ushbu voqealardan keyin ishlab chiqila boshlandi. DC-9-30 modeli asos qilib olindi. 1995-yilda Amerikada arzon reyslarni tashkil etuvchi ValuJet kompaniyasi birinchi buyurtmani, 50 ta firma va 50 ta ixtiyoriy ravishda berdi.

1997-yilda McDonnell Duglas Boeing kompaniyasiga qoʻshilgan. MD-95 rejalari yoʻqoladi deb oʻylangan boʻlsa-da, Boeing faqat nomini oʻzgargan va loyihani 717 deb nomlangan.

2001-yilda mintaqaviy samolyot bozorida boshqa oʻyinchilar ham bor edi. Bombardier va Embraer bozorda oʻz oʻrniga ega boʻldi. 2003-yil dekabr oyida Boeing Air Canada bilan shartnomani yoʻqotdi, chunki 717 Embraer ERJ va Bombardier CRJ ga nisbatan afzal koʻrilmagan va taxminan 2,7 milliard dollar zarar koʻrgan. Ushbu voqeadan soʻng, 2005-yil yanvar oyida Boeing past sotuvlar tufayli Boeing 717 ishlab chiqarishni toʻxtatishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.

156-chi va oxirgi 717 2006-yil aprel oyida AirTran Airways uchun ishlab chiqarish liniyasidan chiqdi. Oxirgi ikkita Boeing 717 2006-yil 23 mayda AirTran Airways va Midwest Airlines aviakompaniyalariga yetkazib berildi va ishlab chiqarish toʻxtatildi.

Boeing 717 Kaliforniyaning Long-Bich shahridagi Boeing zavodlarida ishlab chiqarilgan soʻnggi tijorat samolyoti edi.

Xususiyatlari 717-200 Asosiy717-200 KengaytirilganYoʻlovchilar106 (2-klass)Uzunlik124 ft 0 in (37.8 m)Qanotlar kengligi93 ft 4 in (28.47 m)Balandligi29 ft 8 in (9 m)Kabina kengligi, tashqi131.6 in (334.2 cm)Kabina kengligi, ichki123.8 in (314.5 cm)Maksimal uchish ogʻirligi110,000 lb (49,895 kg)121,000 lb (54,884 kg)Maksimal masofa1,430 nmi (2,648 km)2,060 nmi (3,815 km)TezlikMach 0.77 (822 km/h; 444 kn)Turbofan (2x)Rolls Royce BR715-A1Rolls Royce BR715-C1Bosim (2x)18,500 lbf (84.2 kn)21,430 lbf (95.3 kn)

Sotish

Buyurtmalar  2004  2003  2002  2001  2000  1999  1998  1997  1996  1995 88323210410042

Yetkazib berish  2006  2005  2004  2003  2002  2001  2000  1999  1998  1997 51312122049321200

Manbalar

Havolalar Aloqador

McDonnell Douglas DC-9 McDonnell Douglas MD-80/MD-90

Oʻxshash samolyotlar

Airbus A318 Avro RJ Boeing 737-600 Fokker 100 Embraer ERJ serisi Tupolev Tu-134 Yakovlev Yak-42

Boeing 717 web sayfası Boeing 717 Aircraft-Info.netʼte. 717 listesi plane-spotters.net

Turkum:Samolyotlar