Mulan 2020-yilda ekranlarga chiqqan, Niki Caro tomonidan suratga olingan, Walt Disney Pictures mahsuloti boʻlgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan fentezi va jangari janridagi AQSh filmidir. Film Walt Disney Animation Studios studiyasi tomonidan 1998-yilda chiqarilgan xuddi shu nomdagi multfilmga asoslangandir. Film bosh qahramonlarini Liu Yifei, Donnie Yen, Jason Scott Lee, Yoson An, Gong Li va Jet Li kabi aktyorlar jonlantirishgandir.
Mulan filmining umumjahon premyerasi 9-mart 2020-yilda Hollywooddagi Dolby kinoteatrida boʻldi. Film budjeti $200 million boʻlib, jahon boʻylab $70 million jamgʻardi.
Film tanqidchilar va omma tomonidan xush qarshilandi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 310 ta maqola yigʻilib, ulardan 73%i filmni ijobiy baholadi. Sayt konsensusi shunday: „U oʻzining klassik hikoyasini oʻta teranroq qilib soʻzlab berishi mumkin edi, ammo multfilm emas, balki inson tomonidan gavdalantirilgan Mulan oʻzining animatsion oʻtmishdoshining hayajonli yangilanishi vazifasini bajaradigan bir ajoyibotdir“.
Syujeti
Rollarda thumb|upright|Yifei Liu filmda Mulan qahramonini jonlantirgandir.
Liu Yifei — Hua Mulan Donnie Yen — kommandor Tung Jason Scott Lee — Bori Khan Yoson An — Chen Honghui Gong Li — Xian Lang Jet Li — Xitoy imperatori Tzi Ma — Hua Zhou Rosalind Chao — Hua Li Xana Tang — Hua Xiu Ron Yuan — serjant Qiang Jimmy Wong — Ling Doua Moua — Chien-Po Chen Tang — Yao Nelson Lee — kansler Cheng Pei-pei — sovchi Utkarsh Ambudkar — sovchi Chum Ehelepola — Ramtish Jun Yu — Cri-Kee (ovoz bergan)
Relizi + Mamlakat Premyera sanasi Manba (lar) 4-sentyabr 2020-yil 17-sentyabr 2020-yil 10-sentyabr 2020-yil „Mulan (2020)“. Afisha.uz (10-sentyabr 2020-yil). Musiqasi Saundtrek Manba: Tidal
Manbalar
Havolalar
Turkum:2020-yil filmlari Turkum:2020-yil 3D-filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Walt Disney Pictures filmlari Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Fentezi filmlar Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari