Dolittle () 2020-yilda ekranlarga chiqarilgan fentezi va sarguzasht janrlaridagi filmdir. R/K Films, Team Downey Productions va Perfect World Pictures studiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan, Universal Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Film rejissori — Stephen Gaghan, ssenariysini Gaghan, Dan Gregor va Doug Mand, hikoyasini esa Thomas Shepherd yozishgan. Filmda bosh rollarni Robert Downey Jr., Antonio Banderas, Michael Sheen, Emma Thompson, Rami Malek, John Cena, Tom Holland vq Selena Gomez jonlantirishgan.

Dolittle filmi premyerasi AQSHda 17-yanvar 2020-yilda boʻlib oʻtdi. Film $175 millionga teng budjeti bilan umumjahon boʻylab $223.3 million daromad qildi va 2020-yilning uchinchi eng kassabop filmi boʻldi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2020-yil filmlari Turkum:2020-yil fantastika filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh fantastika filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar