#MeToo jinsiy tajovuz va tegajogʻlikka qarshi qaratilgan ijtimoiy harakatdir. „Me Too“ (tarjimasi „Men ham“) iborasi 2006-yili amerikalik faol Tarana Burke tomonidan MySpace ijtimoiy tarmogʻida birinchi marta ishlatilgan.
2017-yilning oktyabrida amerikalik kinoproduser Harvey Weinsteinning ayollarga tegajogʻlik qilishi boʻyicha ayblovlar tarqalgani ortidan Me Too harakati heshteg oʻlaroq ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi. 2017-yilning 16-oktyabrida amerikalik aktrisa Alyssa Milano oʻzining Twitter sahifasida shunday mazmundagi post qoldirdi: „Jinsiy tajovuz va tegajogʻlikka uchragan ayollarning hammasi statuslarida „Men ham“, deb yozayotgan boʻlishsa, biz odamlarga muammoning koʻlami haqida tushuncha berishimiz mumkin“Alyssa Milano on Twitter: "If you’ve been sexually harassed or assaulted write ʻme tooʻ as a reply to this tweet.… "#MeToo hashtag is going viral [Video]. Buning ortidan Gwyneth Paltrow, Ashley Judd, Jennifer Lawrence, va Uma Thurman kabi koʻplab amerikalik taniqli shaxslar oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida harakatni dastaklovchi postlar qoldirishdi.
Manbalar