thumb|Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda blogerlar selfisi. Registon maydoni. Samarqand. 26.08.2019 y.
Xushnud Gʻayratovich Xudoyberdiyev — oʻzbekistonlik huquqshunos, davlat va jamoat arbobi, bloger. Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. 2026-yil 15-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti rahbari o‘rinbosari.
Biografiyasi 1989-yil 7-iyunda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ziyoli oilada tugʻilgan. Millati — oʻzbek.
5 yoshligida Chiroqchi tumanidagi Habib Abdullayev nomidagi 3-oʻrta taʼlim maktabiga 1-sinfga oʻqishga borgan. 2003-yilda Chiroqchi tumanidagi 2-ixtisoslashgan litseyning 9-sinfini tamomlab, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi Akademik litseyda oʻqishni davom ettirgan. 2006-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichiga shartnoma asosida qabul qilingan.
2010-yilda yuridik institutni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2010-yili Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura boʻlimi „Jinoyat protsessi; kriminalistika va tezkor qidiruv huquqi; sud ekspertizasi“ yoʻnalishi magistranti boʻlgan. 2012-yilda magistratura boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlagan.
2010—2013-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi boʻlgan.
2013—2017-yillarda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi yuridik boʻlimi yuristkonsulti boʻlgan. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining matbuot xizmati bosh mutaxassisi lavozimida xizmat qilgan.
2019-yil 26-dekabrda Respublika Oliy taʼlim kengashi aʼzosi etib tayinlanganRespublika oliy taʼlim kengashini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.
2020-yil 28-yanvardan 1-iyulgacha Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib bordi.
2020-yil 1-iyulda Oʻzbekiston milliy axborot agentligi direktorining oʻrinbosari etib tayinlanganTAYINLOV: OʻzA rahbariyatida oʻzgarish boʻldi.
2023-yil 7-avgustdan 2026-yil 15-oktyabrgacha Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari boʻldi.
2026-yil 15-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi
Loyihalari va ijtimoiy faoliyati 2011-yilda Muhrim Aʼzamxoʻjayev, Diyor Imomxoʻjayev va Qahramon Aslanov bilan birgalikda kun.uz internet-nashriga asos solgan.
2012-yildan buyon „Xushnudbek.uz“ shaxsiy saytini yuritadi.
2018-yil may oyida Telegram messenjerida kanal ochgan, ayni paytda obunachilari soni 600 mingdan oshadiHuquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanali.
2004-yildan buyon Zakovat intellektual klubining aʼzosi va muntazam efir oʻyinlarida ishtirok etib keladi. Efir orqali ilk marta 2005-yil iyun oyida oʻyinlarda ishtirok etgan. Faoliyati davomida 9 marta Oliy liga finalida ishtirok etib, ulardan 4 tasida jamoasi bilan chempion boʻlgan.
Toʻrt karra Zakovat oʻyinlari chempioni (2007, 2009, 2011, 2016-yillar); 2008, 2010, 2012, 2015 va 2018-yillarda Oliy liga oʻyinlari finalchisi; 2008 hamda 2012-yilgi Oliy liga final oʻyinidagi „Zakovat terma jamoasi“ aʼzosi; 2008-yilda „Yilning eng yaxshi yosh bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2011-yilda „Yilning eng faol bilimdoni“ nominatsiyasi sohibi; 2013-yilda „Tomoshabinlar mehrini qozongan bilimdon“ nominatsiyasi sohibi boʻlgan.
2023-yildan buyon Qobil Xidirov, Otabek Bakirov, Laziz Hamidov va Muhrim Aʼzamxoʻjayev bilan birgalikda „Lolazor“ podkastini yuritadi.
Mukofotlari 2014-yili „Oltin qalam“ Milliy mukofotining „Jurnalistikada ijtimoiy masalalarni yoritishda innovatsion yechim va yondashuvlar“ nominatsiyasi sovrindori, „MIT.UZ — Milliy internet festivali“da „Eng yaxshi tahliliy sayt“ nominatsiyasida va „Uz domenlari Internet festivali“da „Eng yaxshi shaxsiy sahifa“ nominatsiyasida sovrindor boʻlgan.
2015-yilda „Jamiyat va men“ tanlovining „Eng yaxshi yoritilgan huquqiy mavzular“ nominatsiyasida gʻolib boʻlganFidoyi mehnat eʼtirofi.
2016-yilda „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganBir guruh yoshlar „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.
2018-yilda Oʻzbekiston blogerlari chempionatida 2-oʻrinni olganBlogerlar chempionati, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan „Eng yaxshi huquq targʻibotchisi“ tanlovida „Huquqiy madaniyatni targʻib qiluvchi eng yaxshi mutaxassis“ nominatsiyasida gʻolibi boʻlgan„ENG YaXShI HUQUQ TARGʻIBOTChISI“ TANLOVI GʻOLIBLARI ANIQLANDI.
2019-yilda „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni va Kelajak bunyodkori medali bilan taqdirlanganMatbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida„Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishonining ilk sohiblari maʼlum boʻldi.
Oilasi Turmush oʻrtogʻi — Mehrinoz Nosirjon qizi Abbosova, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining maslahatchisi, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi.
Manbalar
Havolalar
Xushnud Xudayberdiyev Instagram sahifasi Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Blogerlar Turkum:21-asr Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Oʻzbekiston huquqshunoslari Turkum:Oltin qalam milliy mukofoti sohiblari