„Muhabbat“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. Ilk bor 1976-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. 1982-yil ayni nashriyotda qayta nashr qilingan. Ikkinchi nashr uchun adabiyotshunos Laziz Qayumov soʻngsoʻz yozgan.
Qayta nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Q. Rahimboyeva – muharrir, M. Reyx – rassom, I. Kiriakidi – rasmlari muharriri, E. Potapova – texnik muharrir, Sh. Soatova – musahhih. Kitob adadi – 50 000 nusxa.
Boʻlimlari Boʻlim Boʻlim boshida keltirilgan sheʼriy parcha Qisqa tavsif IQancha intilganman, kursi qoʻymasdan Dadam javonidan olguncha kitob. Qancha izlaganman, murgʻak fikrning Minglab savoliga topguncha javob. Birinchi boʻlimdan Vohidov 1952–1960-yillarda yozgan sheʼrlar oʻrin olgan.IIEl ustozim, men esam tolib, Soʻz durlarin termoqdir ishim. Odamlarning oʻzidan olib Odamlarga bermoqdir ishim. Ikkinchi boʻlimda shoir 1961–1964-yillarda yozgan sheʼrlar keltirilgan.IIIKoʻp ellarni kezim, koʻp yurtlar koʻrdim, Bir-biridan goʻzal, bir-biridan soz. Lekin Sharqda mashʼal charogʻon yurtim Olamda tengi yoʻq, oʻlkadir mumtoz. Uchinchi boʻlimdan shoir 1025-1036-yillarda yozgan sheʼrlari, jumladan „Oʻzbekiston“ faxriyasi oʻrin olgan.IVAhli sheʼr balki kitobim Nazmi ishq deb ochadir, Yoʻq, kitobim sevgining Devoniga debochadir. Toʻrtinchi boʻlimda shoir 1967–1976-yillarda yozgan, asosan aruz vaznida yozgan sheʼrlari va gʻazallari keltirilgan. Jumladan, boʻlimdan shoirning taniqli „Oʻzbegim“ sheʼri hamda Fuzuliy, Alisher Navoiy va Bobur gʻazallariga yozgan muxammaslari oʻrin olgan.VQoʻzichogʻim, koʻzlaringni yum. Men ertak soʻylayin, Shirin tushlar koʻrib, Sen, dilbandim, orom ol bir zum. Beshinchi boʻlimda shoir 1951–1962-yillarda yozgan, asosan bolalar uchun moʻljallangan sheʼrlar keltirilgan.VIOy oʻrtanar koʻzlarida yosh, Koʻksi dogʻu yuragi qiyma. Der: „Ey falak, men edim quyosh, Nega meni qilding tarjima?“ Oltinchi boʻlimda Vohidovning xorijiy ijodkorlar asarlaridan qilgan tarjimalari oʻrin olgan. Xususan, boʻlimda Abu Ali ibn Sino, Geothe („Faust“dan parchalar), Sergey Yesenin, Aleksandr Tvardovskiy, Mixail Svetlov, Rasul Hamzatov, Andrey Malishko, Silva Kaputikyan, Muhammad Iqbol, Ulfat, Muxran Machavariani asarlarining badiiy tarjimasi qalamiga mansub sheʼrlar tarjimalari keltirilgan.
Manbalar
Havolalar „Muhabbat“ Ziyouz kutubxonasida
Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari