Feminizm - bu jinslar oʻrtasida siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy va ijtimoiy tenglikni tashkil etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy harakatlar va mafkuralar tizimidir. Feminizm jamiyatlar erkaklar nuqtai nazarini ustun koʻrishi, ayollarga esa adolatsiz munosabatda boʻlishi gʻoyasini oʻz ichiga oladi. Ushbu holatni oʻzgartirish uchun feminizm gender steoreotiplariga qarshi kurashish, ayollarga xuddi erkaklar uchun mavjud boʻlgan taʼlim va mehnat imkoniyatlarini yaratishga harakat qiladi.
thumb|252x252px|Feminizm harakatining ramzi
Feministik harakatlar xotin-qizlar huquqlari, shu jumladan ovoz berish, davlat lavozimlarini egallash, mehnat qilish, adolatli ish haqi olish va maoshdagi gender tafovutini bartaraf etish, mulkka egalik qilish, taʼlim olish, nikohda teng huquqqa ega boʻlish va onalik taʼtiliga ega boʻlish uchun harakat qiladilar.
Feministik harakatlar dunyoda ayollar huquqi borasida eng katta ijtimoiy oʻzgarishlar qilgan omildir. Gʻarb mamlakatlarida hozir eng bazaviy huquq hisoblangan ayollarning saylash va saylanish huquqi, reproduktiv huquq (homiladorlikni oldini olish va abort), bitimlar tuzish va mulkka egalik qilish, ingliz tilida soʻzlarning gender neytralligini taʼminlashga feminizm sababchi hisoblanadi.
Terminologiya Mary Wollstonecraft 1792-yilda nashr etilgan „A Vindication of the Rights of Woman (Ayollar huquqlarini himoya qilish)“ nomli asari tufayli koʻpchilik tomonidan feminizm asoschisi sifatida eʼtirof etiladi. Ushbu kitobda u sinf va xususiy mulk ayollarga nisbatan kamsitishning asosi ekanligini hamda ayollar xuddi erkaklar kabi teng huquqlarga ehtiyoj sezishini asoslab berganM Wollstoncraft, A Vindication of the Rights of Woman (1792) ch VII, „From the respect paid to property flow, as from a poisoned fountain, most of the evils and vices which render this world such a dreary scene to the contemplative mind.“ .
Tadqiqotchilarning fikricha „feminizm“ atamasini 1837-yilda fransuz faylasufi va utopiya sotsialisti Charles Fourier kiritgan. Lekin uning asarlarida bu soʻz uchramaydi. „Feminizm“ va „feminist“ soʻzlari Fransiya va Gollandiyada 1872-yilda, Buyuk Britaniyada 1890-yillarda va AQSHda 1910-yilda paydo boʻlishni boshlagan. Ingliz tilining Oksford lugʻati „feminist“ soʻzi 1852-yildan, „feminism“ soʻzi esa 1895-yildan ishlatilishni boshlagan deb koʻrsatadi.
„Féminisme“ („feminizm“) atamasi ilk bor 1871-yilda Fransiyada, Ferdinand-Valère Faneau de la Cour tomonidan yozilgan tibbiyot dissertatsiyasida qoʻllanilgan. Unda, muallifning fikriga koʻra, tuberkulyozdan aziyat chekkan va ayollik xususiyatlarini rivojlantirgan erkaklar haqida gapirilgan. Tibbiyotda qoʻllanilishidan ilhomlangan „féministe“ („feminist“) soʻzi 1872-yilda Aleksandr Dyuma tomonidan yozilgan inshoda ayollar huquqlarini qoʻllab-quvvatlagan erkaklarga nisbatan ishlatilgan. Har ikkala holatda ham bu soʻz juda salbiy maʼnoda qoʻllanilib, jamiyatning jinsiy taqsimotiga boʻysunishni rad etgan va jinslar oʻrtasidagi tengsizlikka qarshi chiqqan ayollar tomonidan keltirib chiqarilgan, „jinslarning aralashuvi“ deb ataluvchi hodisani tanqid qilishni ifodalagan.
Tarixiy davr, madaniyat va mamlakatga qarab, dunyo boʻylab feministlarning sabablari va maqsadlari turlicha boʻlgan. Gʻarb feminist tarixchilarining aksariyati, ayollar huquqlarini himoya qilish uchun harakat qiluvchi barcha harakatlar, feministik harakatlar sifatida qaralishi kerak, deb hisoblaganlar. Lekin oʻzlarini bu atama bilan atashni yoqtirishmagan. Boshqa tarixchilar bu atamani faqat zamonaviy feminizm harakati va uning davomchilari bilan chegaralash kerakligini taʼkidlaydilar. Ular ilgarigi harakatlarni tasvirlash uchun „protofeminist“ atamasini ishlatadilar.
Tarixi
Davrlar Gʻarb mamlakatlarida feminizm harakati tarixi toʻrt „toʻlqin“ga boʻlinadi. Feminizmning birinchi toʻlqini asosan XIX va XX asr boshlaridagi sufrajetlar harakatini oʻz ichiga oladi, uning asosiy maqsadi bu ayollarning saylov huquqi va turmush qurgan ayollarning mulkka egalik qilish huquqi boʻlgan. Feminizmning ikkinchi toʻlqini sifatida 1960-yillarda boshlangan ayollarning ozodlik harakati tushuniladi. Bu harakat ayol va erkaklarning toʻliq huquqiy va ijtimoiy tengligini targʻib qiladi. Uchinchi toʻlqin ikkinchi toʻlqinning davomi boʻlib, uning qator muvaffaqiyatsizlariga nisbatan munosabatdir. Uchinchi toʻlqinning paydo boʻlishi 1990-yillarga toʻgʻri keladi va feministlar orasidagi „jinsiy bahslar“ bilan bogʻliq. Ushbu bahs va feminizmning antipornografik feminizm va jinsiy-ijobiy feminizmga boʻlinishi ikkinchi toʻlqinning oxiri va uchinchi toʻlqinning boshlanishi deya hisoblanadi. Toʻrtinchi toʻlqin taxminan 2013-yildan boshlangan bosqichdir. Bu toʻlqin ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, internetdagi faollik va marginallashtirilgan ijtimoiy guruhlar, xususan „rangli“ va trans-ayollarni himoya qilish bilan tavsiflanadi / .
XIX asr va XX asr boshi
Feminizmning birinchi toʻlqini XIX asr va XX asr boshlarida faol harakat davri sifatida namoyon boʻldi. Buyuk Britaniya va AQShda bu harakat ayollar uchun teng shartnoma tuzish, nikoh, ota-onalik va mulk huquqlarini targʻib qilishga qaratilgandi. Yangi qonunchilik orasida Buyuk Britaniyada 1839-yilda qabul qilingan „Bolalarni himoya qilish toʻgʻrisida“gi qonun bor edi. Bu qonun bolalarni tarbiyalashda „nozik yillar“ tamoyilini joriy etdi va ayollarga birinchi marta oʻz farzandlarini qonuniy himoya qilish huquqini berdi. Boshqa qonunlar, jumladan Buyuk Britaniyada 1870-yilda qabul qilingan va 1882-yilda kengaytirilgan „Turmush qurgan ayollar mulki toʻgʻrisida“gi qonun boshqa Britaniya hududlaridagi shunga oʻxshash qonunchilikka asos boʻldi. Viktoriya 1884-yilda, Yangi Janubiy Uels esa 1889-yilda bu qonunni qabul qildi. Qolgan Avstraliya mustamlakalari 1890–1897-yillar oraligʻida xuddi shunday qonunlarni joriy etgan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida faoliyat asosan siyosiy hokimiyatni, xususan ayollarning saylov huquqini qoʻlga kiritishga qaratilgan boʻlsa-da, baʼzi feministlar ayollarning jinsiy, reproduktiv va iqtisodiy huquqlari uchun ham faol kurash olib bordilar.
Ayollarning saylov huquqi (ovoz berish va parlament aʼzoligiga saylanish huquqi) Britaniyaning Avstralosiyo mustamlakalarida XIX asr oxirida paydo boʻldi. Oʻzini oʻzi boshqaruvchi Yangi Zelandiya mustamlakasi 1893-yilda ayollarga ovoz berish huquqini berdi. Janubiy Avstraliya esa 1894-yilda „Konstitutsiyaga oʻzgartirish (Kattalar saylov huquqi) toʻgʻrisidagi qonun“ni qabul qilib, bu faoliyatni qonuniylashtirdi. Shundan soʻng, 1902-yilda Avstraliyada ham ayollarga saylov huquqini taqdim etildi. Yana qarang Oʻzbekistonda feminizmning tarixiy ildizlari
Manbalar
Havolalar
Early Video on the Emancipation of Women hujjatli filmi (1930) Documents from the Womenʼs Liberation Movement , Maxsus kolleksiyalar kutubxonasi, Duke universiteti Feminizm tarixi Heritage Calling saytida
Turkum:Feminizm Turkum:Ayol