Qirgʻizistonda futbol sport turini Qirgʻiziston Futbol Federatsiyasi boshqaradi. Uyushma milliy futbol jamoasini, shuningdek, Qirgʻiziston ligasini boshqaradi . Futbol mamlakatda eng ommabop sport turidir.
Terma jamoa Qirgʻiziston milliy terma jamoasi oʻzining ilk oʻyinini 1992-yil 23-avgustda Toshkentda Markaziy Osiyo kubogi doirasida oʻtkazib, Oʻzbekistonga 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan.
1994-yilda Qirg‘iziston Futbol Federatsiyasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va FIFAga aʼzo boʻlib, ular homiyligidagi xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan. 1990—2000-yillarda Qirgʻiziston milliy terma jamoasi muntazam oʻynamagan – masalan, 1995, 1998, 2002 va 2005-yillarda bironta ham oʻyin oʻtkazmagan. Shuningdek, 1996-yilda qirgʻizistonlik futbolchilar Osiyo kubogi saralash bosqichidan, 1997-yilda esa jahon chempionati saralash bosqichidan oʻta olishmagan. 2007-yilgi Osiyo kubogining saralash bisqichida Qirgʻiziston terma jamoasi FIFA reytingida pastroq oʻrinda turganligi sababli ishtirok etmagan.
Qirgʻizistondagi futbol stadionlari sigʻimi boʻyicha StadionJoylashuviSigʻimiIjarachilariSurati Dolen Omurzakov stadioni Bishkek 23,000 Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasi
Manbalar
futbol