Suv parisi () 28chi toʻliq metrajli Disney animatsion filmidir. 1989-yilda ekranlarga chiqarilgan. Walt Disney Feature Animations tomonidan ishlangan va Walt Disney Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmda bosh qahramonlarga Jodi Benson, Christopher Daniel Barnes, Pat Carroll, Samuel E. Wright, Jason Marin, Kenneth Mars va Buddy Hackett ovoz bergan.
Film Rotten Tomatoes saytida 93% ijobiy baholangan.
Syujeti
Atlantika saltanati malikasi boʻlgan Ariel ismli 16 yoshli suv parisi insoniyat dunyosi bilan juda qiziqadi. U Eric ismli odam-shahzodaga bir koʻrishda oshiq boʻlib ham qoladi. Dengizda sodir boʻlgan toʻfon tufayli Eric boshchiligidagi kema suvga gʻarq boʻlganda, Ariel uni qutqarib, qirgʻoqqa olib borib qoʻyadi. Soʻngra, Ariel Ericning dunyosiga qoʻshilish yoʻlini izlaydi. Odamga aylanish orzusida Ariel Ursula ismli dengiz yalmogʻizining yoniga boradi. Biroq, Ursula unga shart qoʻyadi. Shartga koʻra, Ariel Ursulaga ovozini berishi kerak boʻladi. Shunda Ursula uni uch kun muddatga odamga aylantiradi. Agar Ariel shu uch kun ichida shahzodadan chin muhabbat boʻsasini olsa, bir umrga odamga aylanadi. Aksi boʻlsa, shu zahoti suv parisiga aylanib, bir umr Ursulaga xizmat qiladi. Ariel shartga rozi boʻladi.
Ovoz berganlar Jodi Benson — Ariel: 16 yoshli suv parisi. Bundan tashqari, Atlantika malikasi. Christopher Daniel Barnes — shahzoda Eric Pat Carroll — Ursula Kenneth Mars — qirol Triton Samuel E. Wright — Sebastian Jason Marin — Flounder Buddy Hackett — Scuttle Paddi Edwards — Flotsam va Jetsam Ben Wright — ser Grimsby Edie McClurg — Carlotta Will Ryan — Harold René Auberjonois — oshpaz Louis
Musiqasi
Relizlari
AQSh: 1989-yil 15-noyabr (Nyu-York va Los-Anjelesda jahon premyerasiDave Smith, Disney A to Z: The Updated Official Encyclopedia, 330—331-bet) 1989-yil 17-noyabr (umumdavlat) Kanada: 1989-yil 17-noyabr Argentina: 1989-yil 7-dekabr Peru: 1989-yil 14-dekabr Braziliya: 1989-yil 15-dekabr Avstraliya: 1990-yil 20-iyun Buyuk Britaniya: 1990-yil 12-oktyabr Italiya: 1990-yil 9-noyabr Daniya: 1990-yil 16-noyabr
Fransiya: 1990-yil 28-noyabr Germaniya: 1990-yil 29-noyabr Norvegiya: 1990-yil 29-noyabr Shvetsiya: 1990-yil 30-noyabr Finlandiya: 1990-yil 30-noyabr Ispaniya: 1990-yil 5-dekabr Niderlandiya: 1990-yil 21-dekabr Yaponiya: 1991-yil 20-iyul Janubiy Koreya: 1991-yil 20-iyul Hong Kong: 1991-yil 10-avgust Tailand: 1991-yil 14-avgust
Yana qarang The Little Mermaid II: Return to the Sea (2000) The Little Mermaid: Ariel's Beginning (2008) The Little Mermaid (2023)
Manbalar
Havolalar
Turkum:1989-yil filmlari Turkum:1989-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:AQSh musiqiy filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSh fentezi filmlari Turkum:AQSh romantik filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Walt Disney Animation Studios filmlari Turkum:Walt Disney Pictures animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Coming-of-age janridagi filmlar Turkum:Suv parilari haqidagi filmlar Turkum:John Musker filmlari Turkum:Ron Clements filmlari