„Yovuzlik farishtasi“ — oʻzbek yozuvchisi Zulfiya Qurolboy qizi qalamiga mansub hikoyalar toʻplami. Asardagi hikoyalar hayotiy voqealarga asoslanib yozilgan. Ulardagi voqealar oʻzbek xalq matallari, dostonlari va choʻpchaklariga xos uslubda hikoya qilingan. Asar Oʻzbekistonda lotin yozuvi kiritilganidan keyin qariyb oʻn yil oʻtganidan keyin chop etilgan boʻlsa-da, kiril yozuvida nashr qilingan.

„Yovuzlik farishtasi“ 2005-yil Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga muallifning 16 ta hikoyasi kiritilgan. Toʻplam masʼul muharriri — Xurshid Doʻstmuhammad. Doʻstmuhammad, shuningdek, kitob kirish soʻzini yozgan.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Aziz Said — muharrir, Obid Burxonov — musavvir, Elina Demchenko — texnik muharrir, Gavhar Mirzayeva — musahhih, komputerda sahifalovchi — Rostislav Esaulenko. Kitob adadi — 3 000 nusxa.

Hikoyalar Muhabbat va nafrat Ayol qiyofasidagi ajal Quyosh men tomonda Hilola Xoliq amaki Tafakkur Ayol „Muhabbat-hijronda!..“ Nomus Oʻlimga yetaklovchi „kampirlar“ Rashk Latofat xonim Havoga sovrilgan umr Yovuzlik farishtasi O, hayot! Toʻxtab qolgan vaqt suvratlari

Manbalar

Havolalar „Yovuzlik farishtasi“ hikoyalar toʻplami Termiz davlat universiteti saytida

Turkum:Hikoyalar