„Ensiklopedik lugʻat“ — ikki jildli ensiklopedik lugʻat. Oʻzbek tilidagi ilk ixcham universal ensiklopediya. Oʻzida 30 000ga yaqin izohni jamlagan lugʻat „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ Bosh tahririyatida chop etilgan. „Ensiklopedik lugʻat“ning birinchi jildi 1988-yilda, ikkinchi jildi esa 1990-yilda chiqarilgan. Lugʻatga falsafa fanlari doktori Qoʻchqor Xonazarov bosh muharrirlik qilgan.

„Ensiklopedik lugʻat“ 1985-yil Moskva shahrida „Sovetskaya ensikilopediya“ nashriyotida chop etilgan „Sovetskiy ensiklopedicheskiy slovar“ negizida tuzulgan. Unda fan va texnika, adabiyot va sanʼatning hamma sohalariga oid maʼlumotlar kiritilgan. Lugʻatda, shuningdek, Sovet Ittifoqi va undagi ittifoqchi hamda avtonom respublikalar, oʻlkalar, oblastlar, yirik shaharlar va ularning ahamiyatga ega viloyatlari, shaharlari haqida geografik, tarixiy va iqtisodiy maʼlumotlarni topish mumkin.

Jildlar Jild Nashr yili Jilddagi maqolalar qamrovi 1 1988 A — Nafaqa 2 1990 N — Hoʻrmuz

Manbalar

Havolalar „Ensiklopedik lugʻat“ning I jildi Ziyouz saytida „Ensiklopedik lugʻat“ning II jildi Ziyouz saytida

Turkum:Ensiklopediyalar Turkum:Oʻzbekcha ensiklopediyalar