„Shoiru, sheʼru shuur“, toʻliq nomi „Shoiru, sheʼru shuur: Adabiy oʻylar“ (ayrim manbalarda „Shoiru, sheʼru shuur: Adabiy esselar“) — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub nasriy asarlar toʻplami. 1987-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan maqolalar, adabiy oʻylar, oʻzbek mumtoz sheʼriyati talqinlari, boshqa ijodkorlar haqida mulohazalar hamda safar xotiralari kiritilgan.

Toʻplam nomi Vohidov 1967-yil yozgan va „To tirikdirki tabiat“ misrasi bilan boshlanuvchi sheʼrdan olingan. Shu sababdan asarning boshida sheʼrning Vohidovning oʻzi yozgan qoʻlyozmasi keltirilgan. Toʻplam boshida Vohidovning tarjimai holi keltirilgan. Unga kiritilgan maqola va mulohazalar „Soʻz qadri“, „Qarzdorlik“, „Talqinlar“, „Ostonada turgan isteʼdod“, „Bahs“ hamda „Yoʻllar va oʻylar“ boʻlimlariga boʻlingan.

Manbalar

Havolalar „Shoiru, sheʼru shuur“ Ziyouz saytita